✅Bugun Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti professor-o‘qituvchilari va talabalari Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurib, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvda ishtirok etdilar.
✅Mehmonlarni Markaz katta ilmiy xodimi Jo‘rabek Cho‘tmatov kutib olib, ularga Markaz faoliyati, Imom Termiziy hamda termiziy allomalar ilmiy merosini o‘rganish, tadqiq etish va keng targ‘ib qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
✅Uchrashuv davomida mehmonlar Markaz tomonidan nashr etilgan kitob va risolalar bilan tanishdilar. Xususan, Imom Termiziy va termiziy allomalar ilmiy merosiga bag‘ishlangan 80 dan ortiq nashrlar taqdimoti katta qiziqish uyg‘otdi. Shuningdek, Markaz ilmiy xodimlari tomonidan aniqlangan 226 nafar termiziy alloma haqidagi ma’lumotlar talabalarda katta taassurot qoldirdi.
✅Tadbirning amaliy qismi doirasida mehmonlar Sulton Saodat majmuasi hamda Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar. Tashrif davomida Jo‘rabek Cho‘tmatov mazkur qadamjolarning tarixi, ularning ma’naviy ahamiyati, shuningdek, Hakim Termiziyning hayoti va boy ilmiy-ma’rifiy merosi haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.
✅Mazkur uchrashuv talabalarning buyuk allomalar merosi haqidagi bilimlarini yanada boyitish, milliy va diniy-ma’naviy qadriyatlarga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishga xizmat qildi.