Imom Termiziy majmuasida “Sunani Termiziy” xatm marosimi bo‘lib o‘tdi

by Matbuot xizmati
15 👁️

#Sunani_Termiziy #Taqdimot

Imom Termiziy majmuasida “Sunani Termiziy” xatm marosimi bo‘lib o‘tdi

🌙Bugun Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti hamkorligida Imom Abu Iso Termiziy majmuasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

✔️Tadbirda Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un G‘afurov, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi Jo‘rabek Cho‘tmatov, institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdilar.

📚Tadbir avvalida Markazning katta ilmiy xodimi Jo‘rabek Cho‘tmatov tomonidan Markazda nashr etilgan “Sunani Termiziy sharhi” asari hamda boshqa muhim kitoblar, xususan, Termiziy allomalari ilmiy merosiga bag‘ishlangan asarlar taqdimoti o‘tkazildi. Taqdimot davomida ushbu nashrlarning bugungi kunda ilmiy tadqiqotchilar, talabalar va keng kitobxonlar ommasi uchun muhim ilmiy hamda ma’rifiy manba ekani alohida ta’kidlandi.

✔️Shundan so‘ng majmuada Toshkent islom instituti ustozlari va talabalari ishtirokida Imom Termiziyning “Sunani Termiziy” asarining so‘nggi hadislari o‘qilib, kitob xatm qilindi.

📚Tadbir yakunida “Sunani Termiziy” asarini to‘liq o‘qib tamomlagan ishtirokchilarga ijoza shahodatnomalari topshirildi.

✔️Mazkur tadbir hadis ilmini o‘rganish, Imom Termiziy ilmiy merosini chuqur tadqiq etish hamda buyuk muhaddislar merosini keng targ‘ib qilish yo‘lidagi muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri bo‘ldi.

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика