Hadislarni inkor qiluvçilarning ğoya va fikrlari

by Matbuot xizmati
40 👁️

Har bir firqaning öz oldiga qöygan rejasi va maqsadi böladi. Yuqorida zikri ötganlarning qanday rejalari bor? Bu uçta narsadan iborat. Ularning ba’zisi mana şu uçta narsani birdaniga da’vo qiladi, ayrimlari birovini da’vo qilib çiqadi.

Ularning birinçi botil ğoyalari, nomaqbul fikrlariça, “Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning vazifasi Qur’onni yetkaziş, xolos. U zotning payğambarlik siymosi, ya’ni sunnatlari, topşiradigan vazifa va körsatmalari yöq. Şuning uçun faqat Qur’oni karimga itoat qiliş vojib, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga payğambarlik yuzasidan na sahobaga va na keyingi ummatga vojib” emiş. Alloh bunday e’tiqoddan özi asrasin!

Yana bunga qöşimça: ular “matluv vahiy” bor, “ğayrimatluv vahiy” yöq deydilar. Bizlar esa “ğayrimatluv” vahiy ham bor deymiz. Ya’ni Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga Qur’ondagi oyati karimalardan boşqa ham vahiy körsatmalari bölgan deymiz. Ular asosida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam şariatni bizlarga şakllantirib berganlar.

Hozirgi Qur’oni karimga kiritilgan oyatlar “matluv” – tilovat qilinadigan oyatlardir. Bu ahli sunnat va jamoatning ijmösi bilan sobit bölgan narsalardir. Alloh taoloning Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga maxsus vahiy orqali şariatning ayrim hukmlarini bayon qilib bergan körsatmalari mavjuddir. Ularni ham Rasululloh sollallohu alayhi va sallam risolatga aslo xiyonat qilmagan holda ummatlariga tölaligiça yetkazganlar. Biroq uşbu haqiqatlarni inkor etayotgan adaşgan toifalar bugun Alloh taologa ham, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga ham xiyonat qilmoqdalar.

Ularning “ğayrimatluv”ni inkor etişlari Qur’oni karimni tuşuniş uçun boşqa narsa kerak emas, xususan, hadisi şariflar kerak emas, ularga ehtiyoj yöq deyişlari uçun kerak edi.

Ikkinçi botil ğoyalari, ularning nomaqbul fikrlari: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning irşodlari, körsatmalari sahobalarga vojib bölgan, bizga vojib emas, u zotga itoat etiş uning davridagi sahobalargagina vojib bölgan, qolgan ummatlarga vojib emas” emiş.

Uçinçi botil ğoyalari, ularning nomaqbul fikrlari: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning körsatmalari, irşodlari hammaga vojib edi, barça ummatga vojib bölgan, biroq hozirda bizgaça yetib kelgan hadislar hujjat bölişga yaroqli emas. Sababi, hadislarning bizlargaça yetib kelgan silsilalarida, isnodlarida turli-tuman gap-sözlar mavjud. Qisqasi, bizga sahih va işonçli sanad bilan bironta hadis yetib kelmagan, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam davridagi sahobalar körsatmalarni özlaridan olgani uçun ularga itoat etiş vojib, biroq keyingilarga, xususan, bizlarga körsatmalar işonçli bölib yetib kelmagani bois itoat aslo vojib emas”, – deydilar.

Hadislarni inkor etadiganlarning barçasi qanday toifa bölişidan qat’i nazar, yuqorida aytilgan uçta ğoyaning birovini da’vo qiladilar.

Ularning bu buziq ğoyalariga ahli sunnat va jamoat olimlari yetuk ma’rifat bilan javoblar berişgan.

Abu Iso at -Temriziy “Sunaniy Termiziy şarhi” 1-jild muqaddima kitobidan

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика
Hakim Termiziy 1200 yilligi xalqaro ilmiy konferensiyasi