“HAKIM TERMIZIY ILMIY-MA’NAVIY MEROSINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI”MAVZUSIDAGI XALQARO KONFERENSIYA AXBOROT XATI

by Matbuot xizmati
12 👁️

“HAKIM TERMIZIY ILMIY-MA’NAVIY MEROSINING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI”MAVZUSIDAGI XALQARO KONFERENSIYA AXBOROT XATI

Sizni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.07.2026-yildagi PQ-275-sonli “Buyuk vatandoshimiz, hadis va tasavvuf ilmining yetuk namoyandasi Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida o‘tkaziladigan “Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga taklif etamiz.

Mazkur konferensiya Hakim Termiziyning boy ilmiy-ma’naviy merosini chuqur o‘rganish, uning hadis, tasavvuf va hikmat sohalaridagi qarashlarining bugungi kundagi ahamiyatini keng yoritish hamda alloma merosini xalqaro ilmiy jamoatchilikka yetkazishga qaratilgan.

Konferensiya joyi: Termiz (O‘zbekiston), Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.

Konferensiya sanasi: 2026-yil 24-noyabr.

Konferensiyada quyidagi mavzular muhokama qilinadi:

  1. Hakim Termiziy hayoti va ilmiy merosi.
  2. Hakim Termiziyning hadis ilmi rivojida tutgan o‘rni.
  3. Hakim Termiziy tasavvuf ta’limotining umuminsoniy ahamiyati.
  4. Hakim Termiziy merosida axloq, ma’rifat va inson kamoloti.
  5. Termiziy allomalar ilmiy merosi va ularning hozirgi kundagi ahamiyati.
  6. Hakim Termiziy merosining zamonaviy tadqiqotlardagi talqini.

Tezislar va ishtirok etish talablari:

Maqolalar o‘zbek, arab, turk, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Konferensiya yakunlari bo‘yicha maqolalar to‘plami elektron nashr etiladi.

Maqolalar elektron ko‘rinishda taqdim etilishi kerak.

Iqtiboslar matn tarkibida to‘rtburchak qavs ichida, [1; 109] shaklida beriladi.

Maqolada foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltirilishi shart.

Maqola matni MS Office WORD 97-2003, Times New Roman, yozuv hajmi 14 pt, 1,5 interval, yuqori va pastdan 2,5 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm formatida bo‘lishi lozim.

Maqola mavzusi katta harf bilan yoziladi, undan keyin yuqori o‘ng burchakda 1 bo‘sh joy qoldirilib, kursivda, 10 shrift hajmida, 1 sm interval bilan, birinchi qatorda ma’ruzachining to‘liq ismi, ilmiy darajasi va lavozimi, ikkinchi qatorda tashkilot, shahar va davlat, uchinchi qatorda ishtirokchining elektron pochta va aloqa raqami (WhatsApp, Telegram) yoziladi.

Konferensiya materiallarini o‘z vaqtida tahrir qilish va yagona to‘plam shaklida tayyorlash maqsadida maqolalarni 2026-yil 10-noyabrga qadar yuborish so‘raladi.

Maqolada keltirilgan ma’lumotlarning ishonchliligi, ilmiy-nazariy asoslanganligi, mazmuni, shuningdek, matnning imloviy va uslubiy jihatlari uchun muallif(lar) mas’ul hisoblanadi.

Kechiktirilgan, talablar bo‘yicha yozilmagan va konferensiyasiga muvofiq kelmaydigan maqolalar qabul qilinmaydi.

Tezislar quyidagi manzilga yuboriladi:

@olimjurayev

@Sarvar_Saidov

Tel.: 90-982-60-95; 93-375-12-48

Manzil: 190108, Termiz shahri, Shimoliy darvoza 3-uy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi.

Tashkiliy qo‘mita

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика