#Memorandum

by Matbuot xizmati
13 👁️

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va IRCICA o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

💬“I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” doirasida o‘tkazilayotgan “Termiz hadis maktabi: allomalar merosi va zamonaviy tadqiqotlar” mavzusidagi IV xalqaro ilmiy konferensiya davomida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA) o‘rtasida o‘zaro memorandumi imzolandi.

✍️Memorandum Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Muzaffarxon Joniyev hamda Islom tarixi, san’ati va madaniyatini tadqiq qilish markazi (IRCICA) Bosh direktori Mahmud Erol Kilich tomonidan imzolandi.

💬Mazkur memorandum ikki ilmiy muassasa o‘rtasida qo‘lyozma manbalarni birgalikda o‘rganish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, ilmiy axborot va nashrlar almashish, kutubxona fondlarini boyitish, shuningdek, qo‘shma konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlar tashkil etish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada kengaytirishni nazarda tutadi.

💬Tomonlar mazkur memorandum ilmiy aloqalarni mustahkamlash, islom sivilizatsiyasi va Termiz allomalari merosini xalqaro miqyosda tadqiq etish hamda targ‘ib qilish borasidagi hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdilar.

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика