
#Memorandum
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Italiya Islom diniy jamiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

💬“I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” doirasida o‘tkazilayotgan “Termiz hadis maktabi: allomalar merosi va zamonaviy tadqiqotlar” mavzusidagi IV xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida yana bir muhim xalqaro hamkorlik hujjati imzolandi.

✍️ Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Muzaffarxon Joniyev hamda Italiya Islom diniy jamiyati raisi o‘rinbosari doktor Yahyo Pallavichini (Italiya Respublikasi) o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

💬Mazkur memorandum Imom Termiziy va Termiz hadis maktabi allomalari merosini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib etish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, konferensiya va seminarlar tashkil etish hamda ilmiy tajriba almashishni rivojlantirishga xizmat qiladi.