“Mulohaza: O‘zbekiston va Yuta misolida dinning jamiyat uyg‘unligidagi o‘rni

by Matbuot xizmati
22 👁️

Joriy yilning 21 yanvar kuni AQShda joylashgan yangiliklar va tahliliy maqolalar  sayti “Deseret News”da “Mulohaza: O‘zbekiston va Yuta misolida dinning jamiyat uyg‘unligidagi o‘rni” mavzusidamaqola e’lon qilindi.

Ushbu maqolada O‘zbekistonning ochiqlik va xalqaro hamkorlik siyosati doirasida dinning jamiyatdagi ijobiy o‘rnini kuchaytirishga qaratilgan islohotlari haqida so‘z borgan. Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning xorijiy diniy va biznes vakillari bilan uchrashuvi va bu muloqotning ahamiyati yoritilgan.

Maqolada O‘zbekiston va AQShning Yuta shtati tajribasi qiyoslanib, din siyosatdan uzoq, ammo ma’naviyat va ma’rifatga yaqin bo‘lishi kerakligi ta’kidlangan.

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda tashkil etilgan Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy va Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazlarining faoliyatiga alohida urg‘u berilgan. Ushbu markazlar diniy merosni chuqur o‘rganish, uni zamonaviy ilm-fan bilan uyg‘unlashtirish va jamiyatga to‘g‘ri talqinda yetkazishga xizmat qilayotgani ta’kidlangan.

Shuningdek, maqolada yoshlarni tarbiyalashda din va zamonaviy ilm uyg‘unligiga alohida e’tibor qaratilgani ko‘rsatilgan. Manba:Religion and social harmony from Uzbekistan to Utah | Opinion – Deseret News

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика