HAKIM TERMIZIY TAVALLUDINING 1200 YILLIGIGA BAĞIŞLANGAN XALQARO KONFERENSIYA TAFSILOTLARI

by Matbuot xizmati
10 👁️

2026 yil 20 noyabr kuni Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 24 iyuldagi PQ–275-son qarori ijrosi doirasida buyuk vatandoşimiz, hadis va tasavvuf ilmining yetuk namoyandasi Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligiga bağişlangan ”Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati” mavzusida xalqaro konferensiya bölib ötdi.
Anjuman qadimiy Termiz zaminida turli mamlakatlardan taşrif buyurgan olimlar, ulamolar, muftiylar, islomşunos va tasavvufşunos mutaxassislar, xalqaro ilmiy muassasalar vakillarini bir maydonda jamladi.

Konferensiyada Misr, Malayziya, Italiya, Suriya, Qirğiziston va Afğoniston davlatlaridan 20 ga yaqin xorijiy olim va ulamolar, şuningdek, mamlakatimiz davlat va jamoat arboblari, oliy ta’lim va ilmiy muassasalar vakillari iştirok etdi.
Tadbirning oçiliş marosimi Qur’oni karim tilovati bilan boşlandi.
Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov konferensiya iştirokçilarini tabriklab, yurtimizda buyuk ajdodlar ilmiy merosini çuqur örganiş, muqaddas qadamjolarni obod qiliş va ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatini rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar haqida töxtaldi.
Şuningdek, Prezident Administratsiyasi mas’ul xodimi Ergaş Daminov, Din işlari böyiça qömita raisining birinçi örinbosari Davron Maxsudov, Özbekiston musulmonlari idorasi raisining birinçi örinbosari Homidjon Işmatbekov, Malayziyaning Sabah viloyati muftiysi Datuk Bungsu Abd Aziz bin Ja’far, Qirğiziston Islom akademiyasi rektori Ermamat Ergeşev hamda Termiz davlat universiteti rektori Abduqodir Toşqulov sözga çiqib, konferensiyaning ahamiyati va taşkilotçilarga minnatdorliklarini bildirdilar.
Konferensiyaning yalpi majlisi va ikki şöba yiğilişida Hakim Termiziy va Termiziylar maktabining islom sivilizatsiyasi rivojidagi örni, allomaning hadis, tasavvuf, aqida, ma’naviy tarbiya va inson kamolotiga oid qaraşlari, ilmiy merosining zamonaviy jamiyat hayotidagi ahamiyati yuzasidan jami 26 ta ilmiy ma’ruza tinglandi.
Ma’ruzalarda, jumladan:
Hakim Termiziyning ilmiy-ma’naviy merosi va uni zamonaviy tadqiqotlar asosida örganiş;
allomaning tasavvuf, axloq, ma’rifat va komil inson tarbiyasiga oid qaraşlari;
Hakim Termiziy va Abu Mansur Moturidiyning aqidaviy qaraşlari;
Termiziy allomalarning islom ilmlari rivojiga qöşgan hissasi;
buyuk mutafakkirlar merosining zamonaviy global tahdidlarga qarşi ma’rifiy yeçim sifatidagi ahamiyati kabi masalalar muhokama qilindi.
Konferensiya ikki şöbada öz işini davom ettirdi:
Anjuman doirasida yurtimizning buyuk allomalari ilmiy merosiga oid kitoblar, ilmiy naşrlar va tadqiqotlar körgazmasi ham taşkil etildi.
Xalqaro konferensiya xorijlik iştirokçilarda Hakim Termiziy merosiga bölgan qiziqişni yanada oşirib, Özbekistonning boy ilmiy-ma’rifiy merosini xalqaro miqyosda namoyon etişga xizmat qildi. Buni quyida keltirilgan e’tiroflardan ham biliş mumkin.
Datuk Bungsu Abd Aziz bin Ja’far – Malayziyaning Sabah ştati muftiysi“Avvalo, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoev janoblarining Hakim Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nişonlaş töğrisidagi qarorini yuksak baholayman.
Termiz nomi Malayziya musulmonlari uçun ham qadrli. Bu zamin islom olamiga buyuk allomalarni yetiştirib bergan. Xususan, Imom Abu Iso at-Termiziyning “Sunan” va “Şamoili Muhammadiya” asarlari Malayziya masjidlari va diniy ta’lim muassasalarida hozirgaça öqitib kelinmoqda.
Hakim Termiziyning eng buyuk xizmatlaridan biri — turli ilmlarni özaro uyğunlaştira olganidir. Allomaning “Navodir al-usul” asarida hadislarning teran ma’nolari, “Riyozat an-nafs” asarida esa nafs tarbiyasi va ruhiy poklaniş masalalari yoritilgan”.
Rebekka Nikastri (Italiya) – Niderlandiyadagi Leyden universiteti tadqiqotçisi – “Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoev siyosatida ilm-fanni rivojlantiriş va xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytiriş muhim örin tutadi. Bu borada amalga oşirilayotgan işlar ilmiy aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qilmoqda.
Hakim Termiziyning boy ilmiy-ma’naviy merosiga bağişlangan uşbu xalqaro konferensiyada iştirok etiş men uçun katta imkoniyatdir. Anjuman davomida buyuk alloma merosini yanada çuqurroq örganiş, turli mamlakatlar olimlari bilan ilmiy fikr almaşiş imkoniga ega bölaman.
Konferensiya davomida orttirgan bilim, tajriba va taassurotlarimni Italiyadagi hamkasblarim hamda Leyden universiteti ilmiy jamoasi bilan baham köraman.”

Konferensiyada sözga çiqqan ma’ruzaçilar Özbekistonda buyuk allomalarning ilmiy merosini örganiş, tadqiq etiş va xalqaro miqyosda tarğib qiliş borasida amalga oşirilayotgan islohotlarni yuksak baholadilar.
Xususan, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoevning BMT Boş Assambleyasining
72-sessiyasida ilgari surgan ”Ma’rifat va diniy bağrikenglik” taşabbusi, şuningdek, 78-sessiyadagi buyuk allomalar merosini örganiş va islomning insonparvarlik ğoyalarini xalqaro miqyosda tarğib qilişga qaratilgan taşabbuslari alohida e’tirof etildi.
Ma’ruzaçilar Özbekistonni buyuk allomalar va mutafakkirlar vatani, muqaddas ilm-ma’rifat zamini sifatida ta’riflab, mamlakatimizda tarixiy ilmiy-ma’rifiy salohiyatni qayta tiklaş, diniy merosni xolis va ilmiy asosda örganiş yölida olib borilayotgan işlarga yuqori baho berdilar.
Şuningdek, Qur’oni karim oyatlari va hadisi şariflar asosida ilm-ma’rifat, ezgulik, tinçlik, bağrikenglik va gözal axloqni tarğib qiliş borasidagi sa’y-harakatlar, Hakim Termiziy va Termiz zaminidan yetişib çiqqan allomalarning boy ilmiy-ma’naviy merosi bugungi kunda ham muhim ahamiyat kasb etişi ta’kidlandi.

Konferensiya iştirokçilari mazkur nufuzli anjumanni taşkil etiş taşabbusi uçun Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoevga öz minnatdorliklarini bildirdilar.

Mazkur halqaro konferensiya jarayonida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan Bahouddin Naqşband ilmiy-tadqiqot markazi hamda Qirğiziston Respublikasining Islom akademiyasi örtasida özaro hamkorlik töğrisidagi memorandumlari imzolandi.
Konferensiya doirasida xorijlik va mahalliy iştirokçilarning Hakim Termiziy majmuasiga ziyorati taşkil etildi. Mehmonlar buyuk allomaning hayoti, ilmiy-ma’naviy merosi va uning nomini abadiylaştiriş maqsadida amalga oşirilgan işlar bilan tanişdilar.
Şuningdek, konferensiya yakunida xorijlik iştirokçilarga qimmatbaho esdalik sovğalari topşirildi.
Konferensiya jarayonlari respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari, internet naşrlari hamda ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi.
Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyatiga bağişlangan xalqaro konferensiya buyuk vatandoşimiz merosini xalqaro miqyosda keng tarğib qiliş, uni zamonaviy ilmiy yondaşuvlar asosida örganiş, xorijiy va mahalliy olimlar örtasida ilmiy hamkorlikni mustahkamlaş, şuningdek, Özbekistonning islom sivilizatsiyasi rivojiga qöşgan tarixiy hissasini yanada keng namoyon etişga xizmat qildi.

Xorijlik nufuzli mehmonlar konferensiyaning yuqori taşkiliy saviyada ötkazilganini e’tirof etib, özbek xalqining yuksak mehmondöstligi, samimiy munosabati, ularga körsatilgan alohida hurmat-ehtirom va izzat-ikrom uçun çuqur minnatdorçilik bildirdilar.

Anjuman Hakim Termiziy ilgari surgan ma’rifat, axloq, inson kamoloti, ruhiy tarbiya va ezgulik ğoyalarining bugungi globallaşuv davrida ham dolzarb ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Imom Termiziy XITM Matbuot xizmati

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика
Hakim Termiziy 1200 yilligi xalqaro ilmiy konferensiyasi