Konferensiya ishtirokchilari Imom Termiziy majmuasini ziyorat qildilar

by Matbuot xizmati
12 👁️

#XALQARO_ILMIY_KONFERENSIYA

Konferensiya ishtirokchilari Imom Termiziy majmuasini ziyorat qildilar

🤔“I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” doirasida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida o‘tkazilayotgan “Termiz hadis maktabi: allomalar merosi va zamonaviy tadqiqotlar” mavzusidagi IV xalqaro ilmiy konferensiya ishtirokchilari Imom Termiziy majmuasini ziyorat qildilar.

🕌Ziyorat davomida Imom Termiziy merosining islom sivilizatsiyasi rivojidagi beqiyos o‘rni, hadis ilmi taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda alloma asarlarining bugungi kunda ham ilmiy ahamiyatini saqlab qolayotgani alohida ta’kidlandi.

🫥Konferensiya ishtirokchilari Yangi O‘zbekistonda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida tarixiy-ma’naviy merosni asrash, buyuk ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, muqaddas qadamjolarni obod etish hamda ularning ilmiy merosini xalqaro miqyosda keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni yuksak baholadilar.

🧊Ziyorat konferensiya ishtirokchilarida katta taassurot qoldirib, buyuk ajdodlarimizning bebaho ilmiy-ma’naviy merosini asrash va targ‘ib etish yo‘lidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.

✍️ Imom Termiziy XITM Matbuot xizmati

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика