MUSULMONLARNING MUQADDAS AYYOMI XAYIT BAYRAMI TARIXI VA AXAMIYATI

by Matbuot xizmati
13 👁️

Musulmonlarning Islom olamida ikkita bayrami bo‘lib, ularning kichigi Ro‘za hayiti (Iyd al-Fitr) va kattasi Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) deb nomlanadi. «Qurbon” so‘zi arabcha kalom bo‘lib, «yaqinlashuv», ya’ni «Allohga yaqinlashuv» ma’nosini bildiradi. Qurbon hayiti asosan hijriy zulhijja oyining 10-kunidan boshlab uch kun nishonlanadi.

HAYIT BAYRAMI TARIXI VA AHAMIYATI

Qurbon hayiti boshqa ko‘plab bayramlardan farq qilib, u payg‘ambar yoki biror-bir hukmdor tomonidan joriy etilmagan bo‘lib, faqat Alloh taoloning amri bilan musulmonlarning muqad-das udumiga aylangan va har yili ular tomonidan nishon-lanib keladi.

Aslida qurbonlik qilish Ibrohim Xalilullohdan qolgan bo‘lib, u kishi Ismoilni behad sevardi. Bu Alloh taologa ayon edi. Shuning uchun uning bandalik sadoqatini, imon e’tiqodini sinash maq-sadida vahiy orqali farzandi Ismoilni Xudo yo‘liga qurbon qilish buyuriladi. Qanchalik og‘ir, iztirobli bo‘lmasin payg‘ambar bunga rozilik bildiradi.

Shunda u o‘g‘lining oyoq-qo‘lini bog‘laydi. Ismoil qo‘rqib, buning sababini so‘raganida, ochig‘ini aytadi. Shunda Ismoil «Allohimning xohishi-irodasi shunday bo‘lsa, hali-ku bitta jonim bor ekan, jonim mingta bo‘lsa ham barchasini qurbon qilardim», deydi.

Ismoil otasiga o‘zini qiynamasdan dadillik bilan ishga kirishib, tomog‘idan shart kesishini aytadi. Shunda o‘g‘lining bo‘g‘ziga pichoq tortgan Ibrohim alayhissalom har qancha urinmasinlar, pichoq o‘tmaydi. Bu hol bir necha bor takrorlangach, Ibrohimning sobit imon-e’tiqo-diga shubha qolmagach, Alloh taolo amri bilan Ismoil o‘rniga qurbonlik uchun bir qo‘chqor yuboriladi. O‘shandan buyon jahondagi barcha musulmonlar imkonlari yetsa, Xudo yo‘liga qurbonlik qiladilar.

UDUM TARTIBI

Qurbonlik qilishning ham o‘z tartib-qoidalari bor. Avvalo, Kurbon hayiti kuni birinchi qilinadigan ish- iyd namozini o‘qishdir. Faqat undan keyingina uyga qaytib, qurbonlik qilishga kirishish lozim bo‘ladi.

Bu haqda Abu Burda rozi-yallohu anhu quyidagilarni aytganlar: «Nabiy sallol-lohu alayhi vassallam biz-larga so‘yish kuni namozdan keyin xutba qilib: «Kim na-mozimizni o‘qisa, qiblamiz-ga yuzlansa va qurbonligimizni qilsa, namoz o‘qimasdan oldin so‘ymasin!» de- dilar.

QAYSI JONLIKLAR QURBONLIKKA O‘TADI?

Xo‘sh, qurbonlik uchun kifoya qiladigan jonliqlar qaysilar va ular qay tarzda bo‘lishi kerak? Bu masalada payg‘ambarimizning sahobalaridan Anas roziyallohu anhu quyidagilarni aytadi: «Nabiy sallolohu alayhi vasallam ikkita shoxli ola qo‘chqorni qurbonlik qildilar. Ularni har ikkisini o‘z qo‘llari bilan so‘ydilar, tasmiya aytdilar, takbir aytdilar va oyoqlarini bo‘yniga qo‘ydilar».

Demak, yetuk ulamolarning fikricha, iloji yetgan odam shoxli ola qo‘chqor topsa, yaxshi. Bo‘lmasa, kifoya qiladigan qanday hayvon bo‘lsa ham bo‘laveradi. Kishi qurbonlikni o‘z qo‘li bilan so‘ysa, afzal-dir. Agar o‘zi so‘yishni bil-masa, boshqa odamga ham buyurish mumkin. Lekin so‘yish vaqtida hozir bo‘lish mustahab, savobi ulug‘dir.

Tasmiya va takbir shuki, so‘yish paytida «Bismillahi Allohu akbar!» demoq kerak-dir. Payg‘ambarimiz so‘yila-digan qo‘chqorni chap tomoni bilan yotqizib, bo‘yniga oyoqlarini qo‘yib, chap qo‘lla-ri bilan uning boshini ush-lab, o‘ng qo‘llari bilan so‘yganlar. Kurbonlik qiluvchi kishi «Bismillohdan keyin Allohi taolodan o‘z qurbonligini qabul qilishini so‘rashi, qurbonligini ahli-ayoli nomidan ham qilayotganligini aytsa, yaxshi bo‘lishi ta’kidlanadi.

Payg‘ambarimiz qurbonlik uchun musinnadan boshqani so‘ymanglar deganlar. Musinna tuyadan bo‘lsa – 5 yoshli, qoramoldan bo‘lsa- 2 yoshli, qo‘y-echkidan bo‘lsa – 1 yoshli bo‘lganidir. Faqat qiyin bo‘lgan hollarda jaza’a mol so‘yish mumkin ekan. Jaza’a – qo‘y-echkidan bo‘lsa, 6 oyligidir. Demak, imkoni bor odam kamida bir yoshli qo‘y yoki echki qurbonlik qilishi lozim. So‘yilayotgan mol omonat, birovniki bo‘lmasligi kerak.

Qurbonlik go‘shtini uch kundan ortiq saqlamaslik, so‘yiladigan jonliq qulog‘i qirqilib, belgi qo‘yilgan bo‘lsa, qurbonlikka yaramaydi, degan gaplar payg‘ambarimiz, ulamo va islom olimlari tomonidan bekor qilingan. Faqat so‘yiladigan qo‘y qulog‘ining uchdan ikki qismi butun bo‘lishi kerak. Shuningdek, bichilgan qo‘chqorni ham qurbonlik qilsa bo‘ladi. Biroq u so‘yiladigan joyga o‘z oyog‘i bilan yurib bora olmaydigan darajada kasal, o‘ta ozg‘in, cho‘loq yoki g‘ilay bo‘lmasligi shart. Binoba-rin, qurbonlik Allohi tao-loga atab qilingani uchun uning nuqsonsiz bo‘lishi maqsadga muvofiq.

BIRLASHIB O‘TKAZSA BO‘LADI

Bir necha kishi birlashib, biror hayvon olib ham qurbonlik qilishi mumkin. Jumladan, yetti kishi-gacha birikib, sigir, ho‘kizni ham qurbonlik qilishi mumkin. Bir xonadondan bir kishi qurbonlik qilsa, savobi barcha oila a’zola-riga tegadi. Qurbonlik qilingan molning bir qismi qo‘ni-qo‘shnilar va qarindoshlarga, bir qismi beva-bechoralar va muhtoj-larga, bir qismi esa qurbonlik qilgan kishining oila a’zolariga taqsimlanadi. Shuningdek, hayitning birinchi kuni qurbonlik qilishning yaxshiroq ekanligi ham ta’kidlangan.

Xullas, Qurbon hayiti-ning eng katta tadbirlaridan biri bo‘lgan qurbonlik qilish dinimiz buyurgan muqaddas udumlardan biri bo‘lib, har qaysimizni ana shu qutlug‘ kunlarga yetkazsin.

Rivoyatlarga ko‘ra, sirot ko‘prigidan o‘tishda qurbon qilingan mol egasiga yordamga kelar ekan. Vallohi a’lam, bissavob, ya’ni yana Xudo bilguvchi.

Asosiysi, musulmonlar bayramdan ham savob olishdek ulug‘ baxtga muyassar bo‘lganlar. Islom dinimizning ulug‘ligi ham ana shundadir.

Yaxyayev Zoxir – Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi matbuot kotibi

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика