Imom Termiziy merosi Indoneziya delegatsiyasida katta taassurot qoldirdi

by Matbuot xizmati
10 👁️



Bugun Indoneziya Respublikasining Sharqiy Yava viloyati Gresik tumani hokimi Fandi Ahmad Yani Xolis boshchiligidagi delegatsiya Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurdi.



Mehmonlarni Markaz direktori Muzaffarxon Joniyev kutib olib, ularga Markaz faoliyati hamda Imom Termiziy va termiziy allomalar merosini o‘rganish va targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.



Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Markaz nashrlari bilan tanishib, Imom Termiziy va termiziy allomalar merosiga bag‘ishlangan 80 dan ortiq kitob va risolalar taqdimoti bilan tanishdilar.



 Shuningdek, Markaz ilmiy xodimlari tomonidan aniqlangan 226 nafar termiziy allomalar haqidagi ma’lumotlar mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.



 Uchrashuvda Surxondaryo vohasining ziyorat turizmi salohiyati va mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ham ma’lumot berildi.



 Delegatsiya a’zolari Markaz faoliyatiga yuksak baho berib, amalga oshirilayotgan ilmiy ishlarga alohida qiziqish bildirdilar.




 Imom Termiziy XITM Matbuot xizmati

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика