✅Oʻzbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik yurti

by Matbuot xizmati
37 👁️

Diniy_bag‘rikenglik

✅Oʻzbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik yurti

🔰Bugun Termiz davlat Muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Oʻzbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik yurti” mavzusida ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.


✅ Unda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Ilmiy tadqiqot bo‘limi boshlig‘i, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sarvar Saidov, universitetning o‘qituvchi va talabalar ishtirok etdilar.


✅Tadbirda Sarvar Saidov yurtimizda diniy bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va konfessiyalararo hamjihatlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda barcha din vakillariga yaratilayotgan teng huquq va imkoniyatlar, vijdon erkinligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar haqida so‘z yuritdilar.


💬Tadbir davomida talabalarga bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, tinchlik va totuvlik qadriyatlarini chuqur anglash, ularni hayotda keng targ‘ib etish zarurligi haqida tavsiyalar berildi. Shuningdek, diniy bag‘rikenglik jamiyatda tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlashdagi muhim omil ekani ta’kidlandi.

✍️Имом Термизий ХИТМ Матбуот хизмати

 Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. Ommaviy axborot vositalari vakillari va veb-sayt foydalanuvchilari diqqatiga! Siz termizi.uz veb-saytidagi maʼlumotlardan bemalol foydalanishingiz mumkin. Bundan mamnun boʻlamiz. Faqat yagona shartimiz shuki, xabar yoki maqolani oʻz veb-sahifangizda yoritishda “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rasmiy sayti xabar berishicha” deb, bunda “rasmiy sayti” degan soʻz ustiga saytimiz havolasini qoʻyib, termizi.uz sahifasiga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart. Unutmang, maʼlumot olinganda muallif va manzil koʻrsatmaslik mualliflik huquqining buzilishi kabi javobgarlikka sabab boʻladi.

Flag Counter

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика