🇺🇿 “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni

by Matbuot xizmati
40 👁️

Xushxabar

Ko‘krak_nishoni

🇺🇿 “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni

🇺🇿 16-noyabr – Xalqaro diniy bag‘rikenglik kuni munosabati bilan diniy-ma’rifiy sohada fidokorona xizmat qilib kelayotgan bir guruh soha vakillari “Diniy bag‘rikenglik” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

✅ Mukofotni Surxondaryo viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Abdurasul Abdurahmanov hamda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Muzaffarxon Joniyev topshirdi.


✅Ushbu ko‘krak nishoni bilan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Jamahmatov Karomiddin hamda Markazning katta ilmiy xodimi Jo‘rabek Cho‘tmatov ham taqdirlandi.


🗣 Mazkur e’tirof — ustozlarning yillar davomida qilgan mashaqqatli mehnati, ilmga va xalqqa bo‘lgan sadoqati, yosh avlod tarbiyasiga qo‘shgan ulkan hissasining munosib natijasidir.
💬 Shu munosabat bilan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi Jamahmatov Karomiddin va Jo‘rabek Cho‘tmatovlarni ushbu yuksak mukofot bilan chin dildan tabriklaydi! Ularning kelgusi kasbiy va ilmiy faoliyatlariga yuksak zafarlar yor bo’lishini tilaymiz!

✍️Imom Termiziy XITM Matbuot xizmati

 Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. Ommaviy axborot vositalari vakillari va veb-sayt foydalanuvchilari diqqatiga! Siz termizi.uz veb-saytidagi maʼlumotlardan bemalol foydalanishingiz mumkin. Bundan mamnun boʻlamiz. Faqat yagona shartimiz shuki, xabar yoki maqolani oʻz veb-sahifangizda yoritishda “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rasmiy sayti xabar berishicha” deb, bunda “rasmiy sayti” degan soʻz ustiga saytimiz havolasini qoʻyib, termizi.uz sahifasiga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart. Unutmang, maʼlumot olinganda muallif va manzil koʻrsatmaslik mualliflik huquqining buzilishi kabi javobgarlikka sabab boʻladi.

Flag Counter

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика