✅#Kun_hadisi
📜“SUNANI TERMIZIY”dan bir hadis
✅Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Menga biror narsa o‘rgating, menga ko‘p narsa o‘rgatmang, shoyad uni yodlab qolarman», – dedi. U zot: «G‘azab qilma», – dedilar. U buni bir necha marta takrorladi, har safar u zot: «G‘azab qilma», – der edilar».
✍️Imom Termiziy rivoyati