“SUNANI TERMIZIY” ASARIDA HADISLAR VA ROVIYLARNING YORITILISH USLUBLARI

by Matbuot xizmati
75 👁️

Annotatsiya. Maqolada Abu Iso Termiziy rahimahullohning «Sunani Termiziy» kitoblari hadis ilmida mashhur asar ekanligi asoslab berilgan. Muhaddis ushbu asarlarini fiqhiy boblar rioyasiga ko‘ra talqin qilgan. Shu sababdan asar «Sunan» kitoblari turkumiga kiradi. Maqolada Abu Iso Termiziy rahimahullohning ham «Sunani Termiziy» asarida hadislar va roviylarni yoritishga qaratilgan ajoyib uslublar mujassam bo‘lganligi tahlil etilgan.

Kalit so‘zlar: Hadis, asar, vuquf, uslub, hasan, asl, sunan, muhaddis, hokim, rivoyat, diroyat.

Abstract. In the article, it is justifiyed that Abu Isa Termiziʼs book «Sunani Termizi» is a famous work in the sciyence of hadith. Muhaddith interpreted these works according to fiqh chapters. For this reason, the work belongs to the seriyes of

«Sunan» books. In the article, it is analyzed that Abu Isa Tirmidhiʼs work «Sunani Tirmidhi» contains wonderful methods aimed at illuminating hadiths and narrators.

Keywords: Hadith, work, waqf, style, hasan, asl, sunan, muhaddis, hakim, narration, dirayat.

Shar’iy ilmlar ta’lif etilgan barcha asarlarda tartiblash va boblarga ajratishning ahamiyati yuqori bo‘lgani sababli «Sihohi sitta» sohiblarining barchasi hadislarni mavzularga ajratib yozganlarini ko‘rishimiz mumkin. «Mavzularga ajratgandan keyin imom Muslimdan  boshqa muhaddislar o‘quvchi topa oladigan qilib boblarga mos sarlavhalarni qo‘yib chiqqanlar»566. Shuni bilish kerakki, «Sihohi sitta» musanniflari hadislarni tartiblashdagi uslublari sanadlar e’tiboridan tartiblanishdan va hadislarning birinchi so‘zidagi harflar bilan tartib-lanishdan bir necha muhim jihatlar bilan ajrab turadi567.

Yaxshilab taammul qilib, o‘ylab ko‘riladigan bo‘lsa, sarlavha deb aytilayotgan boblar 3 turga bo‘linadi:

A) «ةرهاظلا مجارتلا», B) «ةيطابنتسلإا مجارتلا» C) «ةلسرملا مجارتلا»,

Imom Termiziyning «Jomi’» kitoblarida har uchala uslubni ham topish mumkin. Endi yuqorida keltirilgan uchta uslubning har biri haqida alohida to‘xtalib o‘tamiz. Bunda har biri o‘z tartibi bilan keltiriladi568:

A) ( ةرهاظلا مجارتلا ) zohir, ravshan sarlavhalar.

Imom Termiziyning kitoblarida bu turdagi boblarning nomlanishi juda ko‘p uchraydi. Shu sababli «Arfush shaziy» sohibi aytganidek, sarlavhalar e’tiboridan Imom Termiziyning kitoblari eng yengil kitob turiga kirgan569. Bu jomi’ni o‘qigan kishi sarlavhalarga birinchi qarashi- dayoq biladi-ki, Imom Termiziy «ءاج ام» ya’ni «mana bu mavzuda kelgan bob» – deb aytadilar. Masalan, «اذك يف ءاج ام باب» – deb, yana « و نأرقلا دوجس يف ءاج ام باب اهتنس»  ya’ni  «Qur’onning  sajdalari  haqida  kelgan  hadislar  bobi»  –  deb aytganlar570. Lekin, bu xil tartiblashda imom Buxoriy bilan o‘xshab ketadigan, bir xil uslub tutgan o‘rinlari ham ko‘p. Jumladan:

  1. Umumiy qilib «xabariy siyg‘a»571 bilan keltirishlari. Bu o‘sha bobda qaysi mazmunda ekanligiga dalolat qiladi. Bu uslubni imom Termiziy ko‘p qo‘llaganlar.  Masalan,  «كاوسلا  يف  ءاج  ام  باب»,  ya’ni  «misvok  haqida  kelgan hadislar bobi» – deb umumiy holatda aytadilar va davomidan bobga tegishli hadisni keltiradilar. Bu sarlavhalarning foydasi, umumiy holatda bu bobning mazmuniga ishora qilib o‘tishdir. Kitobxon shu orqali bu bobda keladigan hadislarni maqsadini bilib oladi.
  2. Umumiy holatda emas, xos holatda sarlavha qo‘yishlari. Masalan,

imom Termiziy انثم انثم ةماقلإا نأ ءاج ام باب» «ya’ni «takbir ikkita-ikkitadandir

deb kelgan hadislar bobi» – deb turib, xos holatda sarlavha qo‘yganlar. So‘ngra, ortidan rivoyat qilingan hadisni keltiradilar:

 «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning azonlari azon aytishda

ham, takbirda ham juft-juft bo‘lgan» – deb aytganlar. Bu uslubning foydasi – hadis o‘sha hukmning natijasi ekanini ifodalaydi va muallif mana shuni ixtiyor qilgan ekanini bildiradi agar u masala ulamolar o‘rtasida ixtilofli bo‘lsa.

  • Sarlavhani so‘roq shaklida keltirish. Bu uslub imom Termiziyda ozroq uchraydi. Bu so‘roq shaklida keltirish kitobxonni zehnini charxlaydi va yana ham tafakkur qilishga undaydi. Istifhomiy keltirilishining sababi, o‘sha bobodagi masala tadqiq qilishga va tarjih qilishga muhtoj bo‘lgan ixtilofli o‘rin bo‘lgani uchun bo‘lishi mumkin. Masalan, imom Termiziy aytganlar:

دوجسلا نم ضوهنلا فيك ءاج ام باب – «Sajdadan qanday turish haqida kelgan hadislar bobi» – degan573. Bundan tashqari, sarlavhalarni so‘roq shaklida keltirishning yana bir sababi bor. Bu – barcha ulamolar ittifoq qilgan masalaga sarlavha qo‘yishda ham istefhomni keltirish mumkin. Bu – masalani dalilini bilishga yana ham undash uchun bo‘ladi. Masalan, imom Termiziy: تاولصلا نم هدابع الله ضرف مك ءاج ام باب ya’ni, «Alloh Taolo bandalariga (namozdan) necha rakatni farz qildi» – deb bobni nomlaganlar.

  • Zohiriy tarjimani to‘rtinchi turi – bunda bobdagi sarlavha o‘sha bobning hadisidan olinadi. Sarlavha o‘sha hadisni to‘liq o‘zi bo‘lishi ham mumkin yoki o‘sha hadisni ba’zisini sarlavha qilib qo‘yilishi ham mumkin.

Masalan

ةبوتكملا  لاإ  ةلاص  لاف  ةلاصلا  تميقأ

اذإ ءاج ام باب

ya’ni, «Namozga takbir aytilgan vaqtda faqatgina farz namozi o‘qiladi» – deb sarlavha qo‘yganlar va ortidan Abu Hurayra roziyallohu anhuga boradigan sanad bilan rivoyat qiladi:  ةبوتكملا  لاا  ةلاص  لاف  ةلاصلا  تميقإ  اذإ  –  «Namozga  takbir  aytilgan  vaqtda faqatgina farz namozi o‘qiladi» – deb rivoyat qilganlar. Ya’ni, hadisni to‘laligicha o‘sha bobning sarlavhasi qilib qo‘yaqolganlar.

  • Bir hukmni boshlanganligini xabar berib aytadi. Imom Termiziy ba’zi mavzularini «mana bu narsani boshlanishi» – deb qo‘yganlar. Masalan: ناذلاا ءدب ىف ءاج ام باب ya’ni, «Azonni boshlanishi haqida kelgan hadislar bobi» deganlar va orqasidan rivoyat qilingan hadisni keltirib o‘tganlar.

Buyuk muhaddis sarlavhalarni ishlatishda o‘ziga xos bo‘lgan yana bir uslublari bor, u ham bo‘lsa, kitobdagi bir masalaga bir necha bob qo‘yadilar. Masalan, nasx574 qiluvchi dalil uchun alohida bitta bob qo‘yadilar va o‘sha hadisda mansuxi575 uchun ham alohida bob qo‘yadilar. Ya’ni turli xil ixtilofli mazhablarning har biriga alohida-alohida bob qo‘yib dalillarni keltiradilar. Masalan avval – «olov tekkan narsadan yesa tahorat qilish bobi» deb nomlaganlar va orqasidan Abu Hurayra roziyallohu anhudan: ءوضولا رانلا تسم امم ya’ni, «Olov tekkan narsa (iste’mol qilgan)dan so‘ng tahorat qilish kerak» – deb hadis keltirganlar. Undan keyin: «Olov tekkan narsani yegandan keyin tahorat qilmaslik bobi» – deb yana bir bob keltirganlar va orqasidan Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisni keltirganlar:

أضوتي ملو رصعلا ىلص مث لكأف ةاشلا ةللاع نم ةللاعب – يبنلا ىنعي – هتتاف

Ya’ni, «Nabiy sollallohu alayhi vasallamga bir qo‘yni bolasi (uloqcha) keltirdi va undan Nabiy sollallohu alayhi vasallam yedilar va asr namozini o‘qidilar, tahorat qilmadilar» – deb keltirdi.

Bu bilan imom Termiziy rahmatulloh aytmoqchilarki, ikkinchi hadis birinchi hadisni nasx qiluvchi, ya’ni, amalini bekor qiluvchi va aksar ulamolarning mazhabi shu ekanligini bayon qilmoqchi bo‘lganlar.

B) (ةيطابنتسلإا مجارتلا)_ Hadisning qandaydir  ma’nosidan chiqarib olingan sarlavhalar.

Mualliflar kitoblarga turli sarlavhalar qo‘yadilar. Bu sarlavha ostida kelayotgan ma’lumotni to‘liq, ochiq-oydin tushishi lozim. Ya’ni o‘rtadagi sarlavha bilan ostida kelayotgan ma’lumotni moslashtirishga ortiqcha fikr yuritib o‘tirmaslik odatiy holat bo‘ladi. Lekin, gohida musanniflar istinbotiy sarlavhalarni ko‘proq fikr yuritishga undaydigan sarlavha sifatida qo‘yadilar576. Buning ikkita asosiy sababi bor:

Birinchisi – o‘sha kitobning muallifi kitobxonni bobning hadislari to‘g‘ridan to‘g‘ri, ochiq-oydin dalolat qilmasligiga o‘rgatish uchun, qolaversa, kitobxon uzoq fikrlab o‘sha sarlavha ostidagi hadislardan chiqarib oladigan ma’nolarni musannif sarlavhani boshidayoq yo‘llab, ishora qilib qo‘yadi. Natijada o‘sha odam, ya’ni kitobxon bu hadisdan nima maqsadligini bilib oladi.

Ikkinchisi – muallif o‘sha ilm tolibini zehnini charxlashni va chuqur fahm egasi bo‘lishini, shu bilan birga o‘sha hadisdan hukmlarni olish malakasini hosil qilishni maqsad qiladi. Abu Iso Termiziy o‘zlarining kitoblarini tarojimlarida kamdan kam bu istinbotiy sarlavhalardan foydalanadi, ya’ni sarlavhalarni osongina tushunib olish mumkin bo‘ladi. Imom Termiziy bu borada ustozini yo‘lidan ham yurganlar va bu mavzuda alohida o‘zgacha uslublarni ham tutganlar:

  1. Bu uslub sarlavha hadis dalolat qilib turganidan ziyoda bir hukmni o‘z ichiga oladi. Buning sababi, o‘sha hukmga boshqa sanadlarda dalillar borligini bildirib qo‘yish uchun bo‘ladi.
  2. Ikkinchi uslubi – o‘sha sarlavha bobdagi hadislarga luzumiy, ya’ni keltirib chiqaruvchi aloqa sababli bog‘liq bo‘ladi. Bu imom Termiziyni ham, imom Buxoriyni ham tarojimlarida ko‘p uchraydi.

3 Uchinchi uslub – sarlavha hadisdan ko‘ra umumiyroq yoki xosroq bo‘ladi.

4. Bir ravshan, aniq narsaga sarlavha qo‘yadilar. Gohida unga qaragan odam buni foydasi kam deb o‘ylab qoladi. Lekin, yaxshilab tadqiq qilib ko‘rsa, buni ko‘plab foydalari va manfaatlari bo‘ladi.

C) (ةلسرملا مجارتلا) hech qanday izohlar bilan qaydlanmagan sarlavhalar.

Bunda musannif «باب» yoki «هنم باب» degan so‘zlar bilan kifoyalanadi.

«باب» deb sarlavha qo‘yishlarining sababi bu bob yuqoridagi bob bilan mazmuni bir xil yoki muttasil, aloqador, uni to‘ldiruvchi, lekin mazmunida qandaydir ziyoda foydalari bo‘lgani uchun ajratilganini ifodalaydi.

Alloma hadislarni rivoyat qilishda muhaddislarning yo‘lidan yurganlar. Hadislarni o‘z kitobida sanadlari bilan rivoyat qilganlar va bu ixroj (chiqarib olish) ham deyiladi. Chunki hadislarni sanadi bilan rivoyat qilinganda, o‘sha hadis rivoyat qilingan yo‘l chiqarib olingan bo‘ladi. Imom Termiziy sanadlarni keltirishda kitobiga to‘liq haqini berganlar va bitta hadisni bir necha yo‘l bilan kelganligini sanog‘ini aytganlar. Bunda roviylarni ixtilofi va ittifoqini ham bayon qilganlar va o‘sha hadislar kelgan yo‘l bir necha turli bo‘ladi. Ularni ham bayon qilganlar. Bularning barchasi to‘rt yo‘nalishda bo‘ladi. Bu kitoblarda Imom Termiziy Muslim Ibn Hajojning sahihlarida tutgan uslublariga to‘liq rioya qilganlar. Gohida Imom Muslim qilmagan uslublarni ham amalga oshirganlar. Bu umumiy olgandagi 4 xil yo‘ldan iborat577.

  1. Bir o‘rinda bir necha hadislarni sanadini jamlash.
  2. Bitta isnoddan keyin matnni keltirib, so‘ng sanadlarini nechta o‘rinda kelganligini bayoni.
  3. Bitta matnni rivoyat qilish bilan barcha sanadlarni ham yolg‘iz keltirish
  4. Sanadlarga ishora qilish.

Imom Termiziy ba’zi o‘rinlarda yuqoridagi to‘rtala uslubni to‘liq hammasini amalga oshirganlar. Ba’zi o‘rinda esa, kamrog‘iga amal qilganlar. Imom Termiziy ba’zida hadisni 2 marotabadan takrorlaydi. Buning sababi:

  1. sanadni takrorlash orqali hadisni quvvatlash.
  2. keyingi matnda birinchisidan ziyodalik borligi uchun takrorlaydi. Imom Termiziyning bunga o‘xshash qilgan ishlari xuddi Imom Muslimning qilgan ishlariga o‘xshab ketadi. Hafiz ibn Rajab «Sharh ilali Al-jom’i» kitobida aytadi: Imom Termiziyga ba’zilar e’tiroz bildiradi, u kishi aksar boblarni g‘arib bo‘lgan hadislar bilan boshlaydi deydilar. Aslida, bu ayb emas, chunki musannif rahimahulloh illatlarni bayon qiladi. So‘ngra sanadi sahih bo‘lganini ochiqlab ketadi. U kishini maqsadlari illatlarni zikr qilish bo‘lgani uchun shunday qiladi. Bunday ish tutganlar orasida Imom Nasaiyni ham ko‘rishimiz mumkin. U kishi hadislarni barcha yo‘llarini qamrab oladi. Lekin qaysi birida qandaydir bir aybi borini birinchi boshlaydi undan keyin to‘g‘risini zikr qilib o‘tadi. Imom Muslim esa u kishi muqaddimalarda aytganidek, birinchi siqa roviylarning hadislarini keltiradi, so‘ngra darajada undan pastrog‘ini keltirib o‘tadi. Agar ba’zi rivoyatlarda illat bo‘lsa uni oxirrog‘iga qo‘yadi va undagi illatga ishora qilib ham qo‘yadi. Ko‘pincha hadislarni illat o‘rinlarini keltirmaydi qisqa qilib qo‘ya qoladi.

Yuqorida zikr qilingan gaplardan xulosa qiladigan bo‘lsak, umumiy holatlarda Abu Iso Termiziy rahimahulloh muhaddislar bilan bir xil uslubni qo‘llagan. Ayrim xos o‘rinlarda esa, uslub qo‘llashda qolganlardan ajrab turib xos uslubni qo‘llagan.

Zinnura Naimova Sunnat qizi, Mir Arab oliy madrasasi 4-kurs talabasi

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

  1. Jo‘rabek Cho‘tmatov. «Imom Abu Iso Termiziy hayoti va ijodi sahifalari». – Toshkent: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi nashriyot- matbaa birlashmasi, 2019. – 128 b.
  2. Nuriddin Itr. «Al-Imam Termiziy val muvozanatu bayna Jameihi va baynas-sahihayn»: Lajnatut ta’lif vat tarjima va nashr. 1970. – B. 125.
  3. Nuriddin Itr. «Al-Imam Termiziy val muvozanatu bayna Jameihi va baynas sahihayn»: Lajnatut ta’lif vat tarjima va nashr. 1970. – B. 176.
  4. Alloma, al-Muhaddis al-Kabir Anvarshoh ibn Muazzamshoh al- Kashmiriy. «Al-Arfush-shaziy fi sharhi Sunani Termiziy». 1-juz. – Bayrut: Dor ihya at-turos al-arabiy, 2004. – B. 109
  5. Nuriddin Itr. «Al-Imam Termiziy val muvozanatu bayna Jameihi va baynas sahihayn»: Lajnatut ta’lif vat tarjima va nashr. 1970. – B. 306.
  6. Abu Iso Muhammad ibn Iso Termiziy. «Jomi’ at-Termiziy». Birinchi jild. – Madina: Al-Mamlakatu al-arobiyya as-su’diyya, 1996. 21-bob, 3-hadis
  7. Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Ahmad ibn al-Arabiy. «Orizat al-ahvaziy bi-sharh Sahih at-Termiziy». 1- jild. – Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiyya, 1968. – B. 126.
  8. Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Ahmad ibn al-Arabiy. «Orizat al-ahvaziy bi-sharh Sahih at-Termiziy». 1- jild. – Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiyya, 1968. – B. 274.
  9. Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Ahmad ibn al-Arabiy. «Orizat al-ahvaziy bi-sharh Sahih at-Termiziy». 1- jild. – Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiyya, 1968. – B. 126.

566 Jo‘rabek Cho‘tmatov. Imom Abu Iso Termiziy hayoti va ijodi sahifalari. – Toshketn: O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi nashriyot-matbaa birlashmasi, 2019. – B. 94.

567 Nuriddin I’tir. Al-Imam Termiziy val muvozanatu bayna Jameihi va baynas-sahihayn: Lajnatut ta’lif vat tarjima va nashr. 1970. – B. 125.

568 Nuriddin I’tir. Al-Imam Termiziy val muvozanatu bayna Jameihi va baynassahihayn: Lajnatut ta’lif vat tarjima va nashr. 1970. – B. 176.

569 Qarang: «Al-Arfush-shaziy fi sharhi sunan at-Termiziy». Alloma, al-Muhaddis al-Kabir Anvarshoh ibn Muazzamshoh al-Kashmiriy. 1-juz. – Bayrut: Dor ihya at-turos al-arabiy, 2004. – B. 109

570 Nuriddin I’tir. Al-Imam Termiziy val muvozanatu bayna Jameihi va baynassahihayn: Lajnatut ta’lif vat tarjima va nashr. 1970. – B. 306.

571 Bu istilohdan o‘zbek tilida darak gap ma’nosidagi jumla nazarda tutiladi.

572 Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy. Jomi at-Termiziy. Birinchi jild. – Madina: Al-Mamlakatu al-arobiyya as-su’diyya, 1996. 21-bob, 3-hadis

573 O‘sha manba: 268-bob, 9-hadis.

574 Avvalgan kelgan shariatdagi bir hukmni keyingi kelgan yangi hukm amalini bekor qilishi va yangi hukm amalini taminlovchi dalil.

575 Keying yangi hukm bilan uning amali to‘xtagan birinchi hukm shunday ataladi.

576 Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Ahmad ibn al-Arabiy. Orizat al- ahvaziy bi-sharh Sahih at-Termiziy. 1-jild. – Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiyya, 1968. – B. 126.

577 Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh ibn Muhammad ibn Abdulloh ibn Ahmad ibn al-Arabiy. Orizat al- ahvaziy bi-sharh Sahih at-Termiziy. 1-jild. – Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiyya, 1968. – B. 274.

 Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. Ommaviy axborot vositalari vakillari va veb-sayt foydalanuvchilari diqqatiga! Siz termizi.uz veb-saytidagi maʼlumotlardan bemalol foydalanishingiz mumkin. Bundan mamnun boʻlamiz. Faqat yagona shartimiz shuki, xabar yoki maqolani oʻz veb-sahifangizda yoritishda “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rasmiy sayti xabar berishicha” deb, bunda “rasmiy sayti” degan soʻz ustiga saytimiz havolasini qoʻyib, termizi.uz sahifasiga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart. Unutmang, maʼlumot olinganda muallif va manzil koʻrsatmaslik mualliflik huquqining buzilishi kabi javobgarlikka sabab boʻladi.

Flag Counter

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика