IMOM TERMIZIYNING “SUNAN” NOMLI ASARINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI

by Matbuot xizmati
32 👁️

Annotatsiya. Imom Termiziyning «Sunan» asarning o‘ziga xos jihatlari haqidagi maqolada imom Termiziyning qisqacha tarjima hollari, asarlari bayon qilindi. «Sunani Termiziy»ni yozilish uslubi va boshqa hadis kitoblaridan o‘ziga xos jihatlari bayon qilindi. Hadis istilohi borasida birinchi bo‘lib «Hasan» iborasini ishlatganlari bunga yaqqol misol. «Sahih Buxoriy»dan kam o‘rinlarda hadis keltirgan. Hadislarni sahih, hasan, g‘aribga ajratgan. Har bir hadisni illatini bayon qilgan. Sanadlardagi roviyni mashhur ism va kunyasi zikr qilgan.

Kalit so‘zlar: Jomi’us sunan, hukmiy hadis, zaif, sahih, hasan, mavzu, to‘qima, soxta, fuqaholar amali, fiqhiy mavzular, ahkom, mustaxrajot, abvob, tahorat, tafsir, fitnalar, qiyomat alomatlari, siqa, shoz, hofiz, sahoba, tobein, sihoh sitta, al-ilal, Buxoriy, Muslim, Molik ibn Huvayris, Zuhriy, Ismoil ibn Muslim, Abdulloh ibn Muborak, Is’hoq ibn Rohavayh, Maslub, Kalbiy, Kunya.

Abstract. In the article about the unique aspects of the work «Sunan» by Imam Termizi, briyef biographiyes and works of Imam Termizi were described. The writing style of Sunan at-Tirmidhi and its unique features from other hadith books were described. A clear example of this is the fact that they were the first to use the term «Hasan» in terms of Hadith interpretation. Sahih Al-Bukhari has cited hadith in less places. He divided hadiths into sahih, hasan, and garib. He explained the evil of every hadith. The narrator in the Sanads mentioned his famous name and surname.

Keywords: Jameʼ al-Sunan, ruling hadith, weak, sahih, hasan, subject, text, fake, practice of jurists, jurisprudential topics, ahkam, mustakhrajat, abwab, ablution, tafsir, fitsna, signs of the doomsday, siqa, shaz, hafiz , sahaba, tabein, sihah sitta, al-ilal, Bukhari, Muslim, Malik ibn Huwayris, Zuhri, Ismail ibn Muslim, Abdullah ibn Mubarak, Ishaq ibn Rahuwayh, Maslub, Kalbi, Kunya.

Yurtimiz tarixiga nazar solar ekanmiz, uning ma’naviy hayotida buyuk allomalarimizning hayot yo‘llari va yaratgan asarlari muhim o‘rin tut- ganligiga guvoh bo‘lamiz. Jahonga mashhur allomalarning Markaziy Osiyodan yetishib chiqqanligi bunga dalildir. Xususan, ularning asarlari butun dunyo mamlakatlari ilm-fanida dasturi amal bo‘lib xizmat qilayotganligi sababli allomalarimizning jahon ilm-fan sivilizatsiyasi rivojida tutgan o‘rniga yuqori baho berilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoev ta’kidlaganidek: «Imom Buxoriy va Burhoniddin Marg‘iloniy, Iso Termiziy va Hakim Termiziylar, Mahmud Zamaxshariy va Qaffol Shoshiy, Bahouddin Naqshband va Xoja Ahror Valiy, Muhammad Xorazmiy va Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiy kabi ko‘plab daholar nomi jahon sivilizatsiyasi tarixida oltin harflar bilan bitilgan.

Mintaqamizdan yetishib chiqqan Imom Termiziyning hayoti, ijodiy va ilmiy faoliyati davrida yaratgan asarlari, mo‘tabar asari «Sunani Termiziy»ning boshqa asarlardan o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’- lumotlarni o‘rganish tariximizning o‘rganilmagan sahifalarini yoritishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Imom, hofiz, muhaddis Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Musa ibn Zahhok al-Bug‘iy as-Sulamiy at-Termiziydir548. U kishi «Abu Iso» degan kunyasi bilan mashhur bo‘lgan.

Imom Termiziy hijriy 209 yili tug‘ilib, 279 yilda dushanba kuni, rajab oyining 13-kuni Termizda vafot etgan. Ba’zilar ismlaridan keyin

«zarir» deb ham qo‘shib qo‘yadi. «Zarir» degani ko‘zi ojiz degan ma’noni anglatadi. Chunki umrlarining oxirida ko‘zlari ko‘rmay qolgan. Uning yoshlik yillari Termiz shahrida o‘tgan, dastlabki ilmni ham shu yerda olgan. Bolaligidan o‘ta ziyrakligi, xotirasining kuchliligi, noyob qobiliyati bilan o‘z tengqurlaridan ajralib turgan. Diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan o‘rgangan, bu boradagi bilimlarini yanada oshirish uchun ko‘pgina Sharq mamlakatlariga borgan. Ko‘p yillar Iroq, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Uzoq davom etgan safarlari

chog‘ida qiroat ilmi, bayon, fiqh, tarix, ayniqsa o‘zi yoshlikdan qiziqqan hadis ilmi bo‘yicha o‘sha davrning yirik olimlaridan ta’lim olgan. Mashhur muhaddislardan Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Qutayba ibn Said, Is’hoq ibn Muso, Mahmud ibn G‘aylon va boshqalar uning ustozlari bo‘lgan.

Imom Termiziy ko‘plab kitoblar tasnif qilgan bo‘lib, ulardan juda oz qismi bizgacha yetib kelgan xolos. Ulardan:

  1. Hadislardagi illatlar haqida, Al-Ilal al-Kabiyr.
    1. Al-Ilal as-Sog‘ir.
    1. «Payg‘ambar alayhissalomning shakl va sifatlari» («Ash-Shamoil an- nabaviya» yoki «Ash-Shamoil an-nabiy sallallohu alayhi va sallam»),
    1. «Zohidlik kitobi» («Kitob uz-zuhd»),
    1. Kitob at-Tarix
    1. «Ismlar va kunyalar kitobi» («Kitob ul-asmo val-kuno»)
    1. «Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola» («Risola fil- xilof val-jadval»)

7. Al-Jomi’ yoki as-Sunan.

«Sunani Termiziy»ning to‘liq nomi «Al-Jomi’ al-Muxtasar min as- Sunan an Rasululloh va ma’rifatu as-Sahih val-ma’lul vamaa alayhi al- amal» bu kitob hadis ilmi borasida oltita mo‘tabar kitoblarning biri hisoblanadi. Imom Termiziy bu kitobida Abu Dovud (r.a) kabi hukmiy hadislarni jamlagan. Imom Termiziy kitoblarida zaif hadislardan sahih hadisni bayon qilib o‘tgan. Hadislarni keltirgandan so‘ng uning illatini ham aytib o‘tgan. Hofiz Shamsiddin az-Zahabiy (rahimahulloh) ning yozishlaricha, Imom Termiziy rahimahulloh mazkur asarini yozgandan keyin uni Xuroson, Hijoz, Misr va Shom ulamolariga taqdim qilib, ularning fikrlarini olganlar. Dunyoning o‘sha davrdagi mashhur muhaddislari ushbu to‘plamni maqbul sanab, uni olamga tarqatishga ijozat berganlar. Shuning uchun ham Abu Iso Termiziy rahimahullohning o‘zlari mazkur kitobi to‘g‘risida iftixor qilib shunday deganlar:

 «Kimning uyida ushbu kitob, ya’ni «Jomi’us sunan» bo‘lsa, xuddi uning uyida Payg‘ambar gapirayotgandek bo‘ladi!»

Imom Termiziy kitoblarini bayon qilib: «Men kitobimda ba’zi fuqaholar amal qilgan hadislarni keltirdim», deb aytadilar. Buni kitoblarini nomida ham bayon qilib o‘tganlar.

Hofiz Abu Fazl Muhammad ibn Tohir al-Maqdisiy (r,a) shunday deb aytadilar: «Imom Abu Ismoil Abdulloh ibn Muhammad al-Ansoriydan eshitdim, u kishining oldilarida Abu Iso Termiziy va uning kitoblari zikr qilindi, shunda: Uning kitobi men uchun Buxoriy va Muslimaning kitobidan manfaatliroq, chunki Buxoriy va Muslimaning kitobidan faqat yetuk olimlar foyda olishadi, Abu Iso Termiziyning kitobidan esa har bir inson manfaat olishi mumkin», dedilar550.

Ibn Asir (r,a) aytadilar: «Termiziyning kitobi kitoblarning eng yaxshisi, foydasi ko‘p, tartibi chiroyli, takror hadislari kam, mazhablarni zikri va dalillanish uslubi, sahih, hasan g‘arib kabi hadis turlarining bayoni, jarh va ta’dil, oxirida esa ilal kitobi jamlangan551.

Hadis imomlardan biri Abdurahmon ibn Muhammad Idrisiy:

«Termiziy hadis ilmida ishonchli, so‘zi hujjat bo‘lgan imomlardan biridir. Abu Iso Termiziy birinchi bo‘lib hadislarni sahih, hasan, zaif kabi toifalarga ajratgan», deb ta’kidlagan.

Shuni alohida qayd etish joizki, Imom Termiziy birinchi bo‘lib

«Sunan» asari orqali hadis ilmiga «hasan» iborasini kiritgan.

Imom Termiziy o‘z asarida «Kitob» lafzini ishlatmagan balki,

«Abvob» Boblar lafzini ishlatgan. Tahorat boblari, Namoz boblari, fitnalar boblari kabi nom bilan nomlangan. «Sunani Termiziy» kitobi 48 ta boblar 2259 bob, 4300 ta hadisdan iborat552.

«Jomi’us sunan»ning boshqa kitoblarda uchramaydigan o‘ziga xos xususiyatlari bor bo‘lib ular quyidagilar:

  1. Ushbu kitob bir vaqtning o‘zida ham «jome’», ham «sunan» dir. Ulamolar Imom Termiziyning kitobini nomlashda turli fikrlar bildirishgan. «Al-Komil» kitobi sohibi Ibn Asiyr kitobni «Al-Jame’ al-Kabiyr”, Imom Samo’niy, al-Idris, az-Zahabiy, al-Iroqiy, Ibn Hajar al-Asqaloniylar uni «Al-Jomi’», Imom ibn Kasr, ibn Atiyya «As-Sunan» deb nomlashgan553. Siyrat, odoblar, tafsir, aqoid, fitnalar, qiyomat belgilari, fiqhiy hukmlar va manoqiblar kabi sakkizta mavzuni qamrab olingan hadis to‘plami «jomi’» bo‘ladi. Shuningdek, bu to‘plam fiqhiy mavzular boblariga ajratilgan holda tartib berilganligidan «sunan» hamdir.
  2. Ushbu kitobda «Sahihi Buxoriy» dagi hadislar takrorlanmasligiga e’tibor berilgan, takror kelganlari juda kam uchraydi.
  3. Imom Termiziy rahimahulloh o‘ziga ma’lum faqih va mujta- hidlarning dalillarini to‘plashga harakat qilganlar. Har bir faqihning dalili alohida bobda keltirilgan. Fiqhda to‘rt imom, Sufyon Savriy, Abdulloh ibn Muborak, Is’hoq ibn Rohavayh so‘zlarini keltirgan. Abu Hanifa (r,a) juda kam o‘rinda zikr qilib, dalillarini keltirishda Ko‘fa ahli, ahli ray deb zikr qilgan554.
  4. Har bir bobda faqih va mujtahidlarning fiqhiy qarashlari, bobdagi hadisdan chiqariladigan fiqhiy hukmlar ham aytib ketilgan. Uni o‘qigan kishi fiqhga taalluqli «ahkom» hadislarning va fiqhiy qarashlarning katta zaxirasini qo‘lga kiritadi.
  5. Imom Termiziy rahimahulloh har bir hadisni keltirar ekan, uning sahihlik yoki zaiflik darajasini hassoslik bilan batafsil keltirib, alohida qayd qilib ketganlar.
  6. Har bir bobda bir yoki ikkita hadis keltirilgan bo‘lib, bu mavzuga oid asosiy hadislarning keltirilganini bildiradi. Biroq «va fil-bob» («bu bobda…») deb turib ushbu mavzuga oid barcha hadislar yana kimlardan rivoyat qilinganiga batafsil ishora qilib ketilgan. Bu bilan keyingi davr muhaddislariga va hadis olimlariga izlanishlar eshigini ochib ketganlar. Shuning uchun Imom at-Termiziy rahimahullohning ishora qilib ketgan hadislari topilib, taxrij qilingan bir qancha mustaqil asarlar vujudga kelgan. Imom Hofiz Abu Aliy Hasan ibn Aliy ibn Nasr ibn Mansur at- Tusiy (hij 312-vafot etgan), hamda Abu Bakr Ahmad ibn Ali ibn Muhammad ibn Ibrohim ibn Yanjuvayh Yazdiy (hij 428-vafot etgan) Imom Termiziyga Mustaxrajot kitoblarini yozganlar555
  7. Agar birorta hadis juda uzun bo‘lsa, shuningdek, birorta qissa yoki hodisa bilan bog‘liq bo‘lsa, uning bob mavzusiga taalluqli zaruriy qismigina keltirilib, hadis qisqacha keltirilgan. Uning uzun yoki birorta qissaga oid ekaniga ishora ham qilib ketilgan. Mazkur zaruriy qismning o‘zidan hadisning to‘liq shakli topish oson kechadi.
  8. Agar birorta hadisning «illat»i yoki «iztirob»i bo‘lsa, Imom Termiziy (rahimahulloh) uni batafsil sharh qilib, tushuntirib, ochiqlab ketganlar556.
  9. Imom Termiziy rahimahulloh roviylarning tanilgan nomlari, ishtibohli ismlari to‘g‘risida ham ma’lumot berganlar. Jumladan, roviy- ning mashhur nomini keltirgan bo‘lsalar, uning kunyasini ham aytib ket- ganlar, agar kunyasi mashhur bo‘lsa, uni keltirib, so‘ng chalkashlik tug‘il- masligi uchun uning asli nomi kimligini bildirib o‘tganlar. Ayrim o‘rinlarda esa roviyning o‘z ustozidan shaxsan hadis eshitgan yoki eshitma- ganligi, ya’ni siqosi sobitligi masalasiga ham to‘xtalganlar. Bu Imom Termiziyning rijol ilmida mohir ekanini ko‘rsatib beradi. Mashhur roviylarni ism va kunyalarini keltirishda yorqin misol:
  10. Xallod al-Hazzo: U Xolid ibn Mehron; Abu al-Manazil deb kunyalangan.
  11. Molik ibn al-Huvayris al-Laysiy: Abu Sulaymon deb kunyalangan. Mashhur roviylarni kunyasi bilan nomlangan bunga misol:
  12. Abu al-Maliyh: u kishi otasidan rivoyat qilgan, Usomani o‘g‘li uning ismi Omir. Zayd ibn Usoma ibni Umayr al-Huzaliy deyiladi.
  13. Az-Zuhriy: Ismi Muhammad ibn Muslim ibn Ubaydulloh ibn Shihob az-Zuhriy, kunyasi Abu Bakr557.
  14. Imom Termiziy (rahimahulloh) roviylarning ism va kunyasidan tashqari, qaysi davlat yoki shahardan, sahoba yoki tobein, zaif yoki siqa ekanini haqida qisqacha bayon qilib o‘tgan. Bunga misol:
  15. Abu Xolid: U Abu Xolid al-Volibiy ismi Hurmuz bo‘lib ko‘falikdir.
  16. A’loning bobosi Ya’qub: U katta tobeinlardan, Umar ibn Xattob bilan ko‘rishgan, undan hadis ham rivoyat qilgan.
  17. Ismoil ibn Muslim al-Makkiy: Hifzi tarafidan hadisda zaif sanaladi558.
  18. «Jomi’us sunan»ning tartibi juda oson. Har bir hadisning mazmunidan va uning matnidan foydalanib boblarga sarlavha tanlangan. Shuning uchun sarlavhalar orqali hadisni topish yoki uning umumiy mazmunidan xabardor bo‘lish oson. Bunga misol:

«Ikki kishi bilan birga namoz o‘qigan kishi borasidagi kelgan hadis haqida bob» shu bobga Samura ibn Jundab «roziyalloh anhu» ni rivoyatini keltiradilar.

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Agar uch kishi bo‘lsak birimiz oldinga o‘tishimizni buyurdilar», dedilar. Bobning sarlavhasidan agar uch kishi namoz o‘qimoqchi bo‘lsa ulardan bir kishi imomlikka o‘tish kerakligi tushuniladi559.

  1. «Jomi’us sunan»ning muhim xususiyatlaridan biri shuki, unda keltirilgan barcha hadislar qaysidir faqih tomonidan qabul qilingan va amalga kiritilgan. Buni Imom Termiziy rahimahullohning o‘zi ham kitob ilovasi bo‘lmish «al-Ilal as-sag‘ir» asarida e’tirof etganlar. Bu yerda Imom Termiziy (rahimahulloh) ikkita hadisni istisno qilganlar:

Birinchi hadis «Sunani Termiziy»da 187-raqam bilan keltirilgan bo‘lib, hech qanday zaruratsiz ham ikki farz namozni jamlab o‘qish mum- kinligi haqidadir. Mazkur hadisni keltirganidan keyin Imom Termiziy rahimahulloh uning beuzrlik holatida amal qilishi mumkin emasligini aytib o‘tganlar va unga to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilish aslo joiz emasligini qayd etganlar. Lekin hanafiy olimlari unga «jam’i suvariy» qilib amal qilish mumkinligini yozadilar. Ya’ni bir namozni oxirgi vaqtida o‘qib, keyingi namozni avvalgi vaqtida ado qilish «jam’i suvariy» deb aytiladi.

Ikkinchi hadis esa «Sunani Termiziy»da 1444-raqam bilan keltirilgan bo‘lib, aroqxo‘r to‘rtinchi marta ham aroq ichib qo‘lga tushsa, uni o‘ldirishga bo‘lgan ko‘rsatmadir. Mazkur hadisni keltirganidan keyin Imom Termiziy uni «mansux» hukmi bekor qilingan deb topganlar560.

  1. «Jomi’us sunan»ni garchi «Sunani Nasaiy» va «Sunani Abu Dovud»dan keyingi o‘ringa qo‘yilsada, lekin «Kashf az-zunun»da Hoji Xalifa rahimahulloh uni «Sahihayn»dan keyingi o‘ringa qo‘yadilar. Ya’ni Imom Buxoriy rahimahulloh va Imom Muslim rahimahulloh to‘plamlaridan keyingi uchinchi o‘ringa ko‘yilgan. Hofiz az-Zahabiy rahimahulloh ham

«Jomi’us sunan»ni «Sahihayn»dan keyingi o‘ringa qo‘yganlar561.

Ibn Hajar al-Asqaloniy rahimahulloh ham «Taqrib at-Taxzib» asarida oltita sahih hadislar tuplami «Sihohi sitta»ga ramziy belgilar ko‘yar ekan,

«Jomi’us sunan»ni «Sunani Abu Dovud» va «Sunani Nasaiy» o‘rtasiga to‘rtinchi o‘ringa qo‘yganlar.

«Jomi’us sunan»ni pastki o‘ringa tushirib qo‘ygan sabab unda Maslub yoki Kalbiy singari o‘ta zaif roviylardan ham hadis rivoyat qilingani hisoblanadi. Biroq Imom Termiziy rahimahulloh rivoyatlarni keltirar ekan, har bir rivoyatning darajasini belgilab, zaif roviylar to‘g‘risidaalbatta ma’lumot berib ketganlar. Shuning uchun ham u zotning zaif ri- voyatlari aslo xatarli emas! Bu nuqtai nazardan olib qaraganda, «Jomi’us sunan» hadis to‘plamlari orasida eng xatarsiz kitob hisoblanadi. Shu- ningdek, Abu Bakr al-Hozimiy rahimahulloh «Shurut al-aimma al-xamsa» asarida Imom Termiziy (rahimahulloh)ning hadislarga qo‘ygan shartlari Imom Abu Dovud (rahimahulloh)ning shartlaridan ko‘ra yetukroq ekanini tasdiqlaganlar562.

Imom Termiziy (rahimahulloh) zaif hadislardan ogohlantirib ketar ekanlar, bu qaydlar u zotning nazdida bu zaif hadisning «shavohid» va

«mutobaat»lari borligini anglatadi. Ya’ni ushbu zaif hadisni quv- vatlaydigan boshqa rivoyatlar mavjudligini bildiradi.

  1. Imom Termiziy rahimahulloh «Jomi’us sunan» asarida zaif, to‘qima hadis keltirmaganlar. Ibn al-Javziy rahimahulloh o‘zining

«Mavzuoti kubro» asarida Imom Termiziy rahimahulloh rivoyat qilgan 23 ta hadisni mavzu’ deb yuborganlar. Lekin Ibn al-Javziy rahimahullohning mavzu’ hadislarni belgilashda o‘ta qattiq «mutashaddid» ekani ma’lum. U zot hatto «Sahihi Buxoriy» va «Sahihi Muslim»da keltirilgan hadislarni ham mavzu’ deb yuborganlari birma-bir aniqlanib, tanqid qilingan. Shuning uchun ham Imom Termiziy rahimahullohning «Jomi’ as-Sunan» asarida keltirilgan hadislar sinchiklab o‘rganib chiqilganda unda birorta mavzu’, to‘qima va soxta hadis yo‘qligi aniqlangan.

Jaloliddin as-Suyutiy rahimahulloh yuqoridagi 23 ta hadisni birma- bir o‘rganib chiqib, «al-Qavl al-hasan fiz-zabbi ‘an as-Sunan» deb nomlangan risolani bitganlar. Unda ibn al-Javziy rahimahulloh mavzu’ deb qaror qilgan fikrlari tanqid qilinib, o‘sha hadislarning sobit ekanligi, ularning barchasi «Sihohi sitta» to‘plamlarida uchrashi isbotlangan.

  1. Imom Termiziy ba’zi hadis istilohlarini ishlatishda boshqa imomlardan ajralib turadi. Misol uchun

Hasan – Imom Termiziy bu istilohga shunday ta’rif beradi: «Bu kitobda «Hadiysun Hasanun» iborasini keltirsak u hadisning isnodi hasan bo‘lib, sanadida yolg‘on bilan tuhmatlangan kishi bo‘lmaydi, hadis shoz ham bo‘lmaydi va yana boshqa ko‘rinishda shunga o‘xshash hadis kelgan bo‘ladi563. Bu ta’rif boshqalarning ta’rifidan hadisni boshqa turuqi bor bo‘lishi shart qilinishi bilan farqlanadi.

G‘arib – Imom Termiziy ilal kitobida g‘aribga shunday ta’rif beradi:

«Biz bu kitobda g‘arib hadis deb aytsak ahli hadis bir nechta ko‘rinishdagi hadisga g‘arib deb aytdilar: gohida, hadis bitta yo‘ldan rivoyat qilingan bo‘lsa g‘arib bo‘ladi, gohida hadisdagi ziyodlik sabab g‘arib bo‘ladi, sanadning holatidan kelib hadis g‘arib deb aytiladi»564.

Hasan G‘arib – Bu istiloh Imom Termiziy nazmida «hasan lizotihi» muqobilida turadi.

Sahih G‘arib – Bu hadis sahih bo‘lib, unda qandaydir g‘arobatli (noaniqlik) bor bu esa sahih bo‘lishga to‘siq bo‘lmaydi.

Hasan Sahih G‘arib – Bu istiloh Imom Termiziy nazdida hadisning turuq (rivoyat yo‘l)lari bir nechta bo‘lib, roviylari tuhmatlanmagan, hadis shoz bo‘lmagan bo‘lsa, shu turuqlar ba’zisi sahih, ba’zisi hasan bo‘lsa bu hadis «hasan sahih g‘arib» deb aytganlar565.

  1. O‘quv dargohlarida «Sihohi sitta» dars qilib o‘tilar ekan, aynan Imom Termiziy (rahimahulloh)ning «Jomi’us sunan» asarining talabalarga juda katta manfaati borligi ma’lum bo‘lgan. Hindiston va Pokiston ulamolari «Sihohi sitta» darslarini «Jomi’us sunan»dan boshlashlarining sababi ham shunda. Unda hadis ilmini fiqh bilan uyg‘unlashtirilib bayon qilib beriladi. Buning esa talabalarning hadislarni to‘g‘ri tushunishlarida foydasi katta. «Jomi’us sunan» kitobining boshqa hadis to‘plamlaridan ortiqcha xususiyatlari va afzal jihatlari borligi shak-shubhasizdir.

Husniddin Xasanov, Toshkent shahar Imom Buxoriy nomidagi islom instituti 1-kurs magstranti

556 O‘zbekiston musulmonlar idorasi imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. Sunani Termiziy sharhi. Toshkent: Irfonnashr, 2021. – 1-jild. B 329.

ص 99 –.م ٢٠٠٧ — ه١٤٢٨ ،ةينفلا نوؤشلا ةبتكم :تيوكلا .يذمرتلا ماملإا عماج يلإ لخدملا .يرذخ يرهزلأا رهاطلا روتكدلا 559

560 O‘zbekiston musulmonlar idorasi imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. Sunani Termiziy sharhi. Toshkent: Irfon nashr, 2021. – 1-jild. B 330.

561 O‘zbekiston musulmonlar idorasi imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. Sunani Termiziy sharhi. Toshkent: Irfonnashr, 2021. – 1-jild. B 330.

.١٢٥ ص .ةيملاسلإا تاعوبطملا بتكم .ةسمخلا ةمئلإا طورش .يمزاحلا ىسوم نل دمحم ركب وبأ 562

٧٣٨ :ص ،توريب -يبرعلا ثارتلا ءايحإ راد ،نورخآو دمحم دمحأ ،ريغصلا للعلا )٢٧٩:ت( يذمرتلا ىسيع وبأ 563

.ص ٦٩ –.م ٢٠٠٧ — ه١٤٢٨ ،ةينفلا نوؤشلا ةبتكم :تيوكلا .يذمرتلا ماملإا عماج يلإ لخدملا .يرذخ يرهزلأا رهاطلا روتكدلا 557

:ص – 2022 م .اجذومنأ ةلاصلاو ةرايطلا باوبأ هعماج يف يذمرتلا ىلع يروفكرابملا تابقعت .ايلعلا ةساردلا مسق تايهللإا ةيلك لوبنتسإ ةعماج 558

.15

 Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. Ommaviy axborot vositalari vakillari va veb-sayt foydalanuvchilari diqqatiga! Siz termizi.uz veb-saytidagi maʼlumotlardan bemalol foydalanishingiz mumkin. Bundan mamnun boʻlamiz. Faqat yagona shartimiz shuki, xabar yoki maqolani oʻz veb-sahifangizda yoritishda “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rasmiy sayti xabar berishicha” deb, bunda “rasmiy sayti” degan soʻz ustiga saytimiz havolasini qoʻyib, termizi.uz sahifasiga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart. Unutmang, maʼlumot olinganda muallif va manzil koʻrsatmaslik mualliflik huquqining buzilishi kabi javobgarlikka sabab boʻladi.

Flag Counter

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика