BUYUK MUHADDIS VA FAQIH

by Matbuot xizmati
126 👁️
Annotatsiya. Mazkur maqolada muqaddas islom dini rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan hadis ilmi darg‘alaridan biri, buyuk vatandoshimiz Imom Termiziyning ulkan ilmiy merosini yanada chuqur o‘rganish, xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib etish, ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, azaliy, milliy qadriyatlarimizni saqlash va ulug‘lash, yosh avlodning ruhiy va ma’naviy olamini boyitish, iymon e’tiqodini mustahkamlash, ularning qalbida vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirish bugungi kundagi dolzarb masalalardan biri ekanligi haqida fikr bildirilgan. Islom dinining asl mazmun-mohiyatini ko‘rsatib berishda, dinlararo va millatlararo bag‘rikenglik, do‘stlik, ijtimoiy hamkorlik, o‘zaro hurmat va hamfikrlilik qadriyatlarini, islom tamadduniga bebaho hissa qo‘shgan Imom Termiziyning ilmiy-ma’naviy merosini yoshlar orasida keng targ‘ib qilishda xalqaro ilmiy tadqiqot markazi asosiy tayanch dargohga aylanib borayotganligi, hozirda Imom Termiziyning bag‘rikenglik, tinchlik va mo‘tadillik g‘oyalarini o‘zida jamlagan bebaho asarlarini tarjima va tahqiq qilish, keng xalq ommasi uchun mo‘ljallangan risolalar tayyorlash borasida salmoqli ishlar bajarilganligi, Imom Termiziy merosini o‘rganish bo‘yicha prezidentimizning «Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi qarori muhim tarixiy ahamiyatga ega bo‘lib, ushbu qaror bo‘yicha «Din ishlari bo‘yicha qo‘mita», Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi termiziy allomalarning ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish borasida ko‘p ishlar qilinmoqda. Umuman olganda bugungi kunda Termiziy allomalarning durdona asarlarini xalqimizning ma’naviy mulkiga aylantirish, ularni o‘rganishga qaratilgan sa’y harakatlar yoshlarni jamiyatda bag‘rikenglik, tinchliksevarlik va birodarlik g‘oyalari qaror topishida muhim ma’naviy asos vazifasini bajarishiga e’tibor qaratilgan.

Kalit so‘zlar: Imom Termiziy, muhaddis, islom dini, bag‘rikenglik, tinchlik, mo‘tadillik, «Jome’ at-Termiziy», «Sahihi Termiziy», «Sunani Termiziy»

Abstract. This article discusses the importance of deeply studying the immense scientific legacy of our great compatriot Imam Tirmidhi, one of the distinguished scholars of Hadith who made an invaluable contribution to the development of the sacred religion of Islam. It emphasizes the need to widely promote his works among the people of our nation and the global community, support research in this field, preserve and glorify our eternal national values, enrich the spiritual and moral world of the younger generation, strengthen their faith, and deepen their love and loyalty to the homeland.The article also highlights the role of showing the true essence of Islam in promoting interfaith and intercultural tolerance, friendship, social cooperation, mutual respect, and solidarity. It further discusses how the International Scientific Research Center has become a key institution for promoting the scientific and spiritual heritage of Imam Tirmidhi among the youth. Significant efforts have been made to translate and study Imam Tirmidhi’s invaluable works, which embody the ideas of tolerance, peace, and moderation, as well as to prepare treatises intended for the general public.Additionally, the decision of our president to widely celebrate the 1200th anniversary of Imam Tirmidhi’s birth is considered of great historical significance. Following this decision, the Committee on Religious Affairs and the International Scientific Research Center of Imam Tirmidhi have been actively engaged in studying the scholarly and spiritual heritage of Tirmidhi scholars. In general, attention is drawn to the efforts aimed at transforming the masterpieces of Tirmidhi scholars into the spiritual property of our people, promoting tolerance, peace, and brotherhood within society, and how these efforts serve as an important spiritual foundation for the younger generation.

Keywords: Imam Tirmidhi, Muhaddith, Islam, tolerance, peace, moderation,

«Jami’ at-Tirmidhi,» «Sahih Tirmidhi,» «Sunan Tirmidhi.»

Islom dinining asl mazmun-mohiyatini ko‘rsatib berishda dinlararo va millatlararo bag‘rikenglik, do‘stlik, ijtimoiy hamkorlik, o‘zaro hurmat va hamfikrlilik qadriyatlarini, islom tamadduniga bebaho hissa qo‘shgan Imom Termiziyning ilmiy-ma’naviy merosini yoshlar orasida keng targ‘ib qilishda xalqaro ilmiy tadqiqot markazi asosiy tayanch dargohga aylanib bormoqda. Hozirda Imom Termiziyning bag‘rikenglik, tinchlik va mo‘tadillik g‘oyalarini o‘zida jamlagan bebaho asarlarini tarjima va tahqiq qilish, keng xalq ommasi uchun mo‘ljallangan risolalar tayyorlash borasida salmoqli ishlar bajarildi.262

Imom Termiziy merosini o‘rganish bo‘yicha Prezidentimizning «Imom Termiziy tavalludining 1200 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida»gi qarori muhim tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Ushbu qaror bo‘yicha «Din ishlari bo‘yicha qo‘mita», Imom Termiziy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi termiziy allomalarning ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish bo‘yicha ko‘p ishlar qilinmoqda. Umuman olganda bugungi kunda Termiziy allomalarning durdona asarlarini xalqimizning ma’naviy mulkiga aylantirish, ularni o‘rganishga qaratilgan sa’y harakatlar yoshlarni jamiyatda bag‘rikenglik, tinchliksevarlik va birodarlik g‘oyalari qaror topishida muhim ma’naviy asos vazifasini bajaradi.263

Termiziy Abu Iso (to‘liq ismi: Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zahhoq Sulamiy Zarir Bug‘iy Termiziy) – muhaddis, faqih va hofiz264

Termiziy Abu Iso, Imom Termiziy (824, Termiz – 892, Bug‘ qishlog‘i, hozirgi Sherobod tumani) – buyuk muhaddis. Sulamiy deb nisbat berilishiga sabab bobolaridan biri sulam degan arab qabilasiga do‘st tutingan, Bug‘iy deyilishiga sabab o‘sha vaqtdagi Bug‘ nomli qishloqda vafot yetib, shu yerga dafn qilingan. Umrining oxirida ko‘zi ojiz bo‘lib qolgani uchun Zarir taxallusi bilan ham atalgan. Termiziyning yoshlik yillari Termiz shahrida o‘tgan, dastlabki ma’lumotni ham shu yerda olgan. Termiziy Abu Isoning oilasi va ota-onasi haqida manbalarda aniq ma’lumotlar keltirilmagan, faqat tarixchilar uning bobosining asli marvlik ekanligi, u kishi Lays ibn Sayyor zamonida yashagan, so‘ng u yerdan Termizga ko‘chib kelganliklariga oid ma’lumotlarni keltirganlar. Bolaligidan o‘ta ziyrakligi, xotirasining kuchliligi, noyob qobiliyati bilan o‘z tengqurlaridan ajralib turgan. Diniy va dunyoviy fanlarni, ayniqsa, hadis ilmini alohida qiziqish bilan o‘rgangan, bu boradagi bilimlarini yanada oshirish uchun ko‘pgina Sharq mamlakatlariga borgan.

Uzoq yillar Iroq, Isfahon, Xuroson, Makka va Madinada yashagan. Uzoq davom yetgan safarlari chog‘ida qiroat ilmi, bayon, fiqh, tarix, ayniqsa, o‘zi yoshlikdan qiziqqan hadis ilmi bo‘yicha o‘sha davrning yirik olimlardan ta’lim oladi. Mashhur muhaddislardan Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Abu Dovud, Qutayba ibn Sayd, Is’hoq ibn Muso, Mahmud ibn G‘aylon va boshqa uning ustozlari edi. Termiziy Imom Buxoriy bilan uchrashganida (bu uchrashuv Nishopurda bo‘lgan va ikki alloma 5 yil birgalikda yashashgan) hadisning matninigina emas, uning hikmati va falsafasini tushunib yetganini e’tirof etadi. O‘z navbatida Imom Buxoriy o‘z shogirdini maqtab, kamtarinlik bilan: «Sen mendan bahra topganingdan ko‘ra men sendan ko‘proq bahra topdim», degan. Bu Termiziyga berilgan juda katta baho edi. 265

Termiziy yo‘lda, safarda bo‘lganda ham, yoki bir joyda muqim turganda ham ustozlaridan, uchratgan roviylardan eshitgan hadislarni yozib olar, ularni tartibli ravishda alohida-alohida qayd qilib borardi. 868 yil xorij safaridan o‘z yurtiga qaytgan Termiziy ilmiy-ijodiy ish, shogirdlar tayyorlash bilan mashg‘ul bo‘ldi va yirik muhaddis olim, imom sifatida shuhrat qozondi. Taqvodorlik, islom dini va o‘z obro‘siga gard yuqtirmaslikka intilish, dunyo molmatosi va boylikka beparvo qarash, oxiratning g‘amini yeyish Termiziyning hayoti tarzi edi. Termiziyning shogirdlari uning ishlarini davom ettirdi. Ular ichida Makhul ibn Fazl, Muhammad ibn Mahmud Anbar, Hammod ibn Shokir, Abd ibn Muhammad Nasafiy, Haysam ibn Kulayb Shoshiy, Ahmad ibn Yusuf Nasafiy va boshqalarni ko‘rsatish mumkin.

Termiziy qalamiga mansub asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelgan.

«Al-Jome’us sahih» («Ishonarli to‘plam»), «ash-Shamoil an-nabaviya» yoki

«Ash-Shamoil annabiy sallolohu alayhi va sallam» («Payg‘ambar alayhis- salomning shakl va sifatlari»), «al-Ilal fil hadis» («Hadislardagi il- latlar»), «Risola fil xilof val jadal» («Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola»), «at-Ta’rix» («Tarix»), «Kitobuz zuhd» («Zohidlik kitobi»), «Kitob ulamo val kuno» («Ismlar va kunyalar kitobi») va boshqa Termiziyning asarlari ichida yeng mashhuri, shubhasiz, «Al-Jome’us sahih» bo‘lib, 6 ta ishonchli hadislar to‘plamidan biridir. Ushbu asar ilmiy manbalarda «Jome’ut Termiziy», «Sahihi Termiziy», «Sunani Termiziy» nomi bilan ham ataladi. Termiziyning muhim asar-laridan yana biri «ash-Shamoil an-nabaviya» Muhammad (alayhissalom)ning shaxsiy hayoti, u zotning suvrat va siyrati, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni o‘z ichiga qamragan manbadir.266 Bu kitob azaldan islomshunos olimlar, tadqiqotchilarning diqqatini o‘ziga tortib keladi. Arab tilida bitilgan ushbu asarga bir qancha sharhlar ham yozilgan. Uning tili ravon, uslubi g‘oyatda oddiy. Asar fors va turk tillariga tarjima qilingan. «Ash-Shamoil an- nabaviya»ning 1-qismida keltirilgan hadisi shariflar payg‘ambarning suvrat (tashqi qiyofasi)iga, 2-qismida keltirilgan hadisi shariflar esa ichki dunyosiyu, axloqiy fazilatlarini bayon qilishga, ya’ni siyratga bag‘ishlangan. Kitobning 16-asrga oid bir qo‘lyozmasi ToshkentdaO‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi. «Ash-Shamoil an-nabaviya» o‘zbek tiliga o‘girilib so‘nggi yillarda Toshkentda bir necha bor nashr etildi.

Buyuk muhaddis va faqih Imom Termiziyning ma’naviy merosi Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini qurayotgan yosh avlodni bar- kamol qilib tarbiyalashda bebaho xazinadir.

Oygul Sharipova Tursunovna, Buxoro davlat universiteti professori v.b., f.f.d.(DSc), Buxoro viloyati «Jo‘ybori Kalon» ayol-qizlar o‘rta-maxsus islom ta’lim muassasasi direktori

2024 yil 17-18 oktyabr kunlari Termizda bo‘lib o‘tgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman maqolalari to‘plami

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI:

  1. O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. – Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016.

– B. 645-649.

  1. Sunani Termiziy. 1 J. –T: 1999; Shamoili Muhammadiya. – T.: 1991; Sahihi Termiziy. –T.: 1993.
  2. Buyuk muhaddislar (Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy). – T.: 1998; Buyuk allomalarimiz. –T.: 2002; Uvatov U. Donolardan saboqlar. – T.: 1994.

262 Sarvar Saidov. Termiziylar merosi jahon olimlari nigohida. // Yangi O‘zbekiston gazetasi. 2024 yil 20 sentyabr.№192 son.

263 263 Sarvar Saidov. Termiziylar merosi jahon olimlari nigohida. // Yangi O‘zbekiston gazetasi. 2024 yil 20 sentyabr. №192 son.

264 Buyuk muhaddislar (Imom Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy). –T.: 1998; Buyuk allomalarimiz. – T.: 2002; Uvatov U. Donolardan saboqlar. –T.: 1994.

265 Buyuk muhaddislar (Imom al Buxoriy, Imom Muslim, Imom Termiziy). –T.: 1998; Buyuk allomalarimiz.

–T.: 2002; Uvatov U. Donolardan saboqlar. –T.: 1994.

266 Sunani Termiziy. 1 J. –T.: 1999; Shamoili Muhammadiya. –T.: 1991; Sahihi Termiziy. –T.: 1993.

 Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. Ommaviy axborot vositalari vakillari va veb-sayt foydalanuvchilari diqqatiga! Siz termizi.uz veb-saytidagi maʼlumotlardan bemalol foydalanishingiz mumkin. Bundan mamnun boʻlamiz. Faqat yagona shartimiz shuki, xabar yoki maqolani oʻz veb-sahifangizda yoritishda “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rasmiy sayti xabar berishicha” deb, bunda “rasmiy sayti” degan soʻz ustiga saytimiz havolasini qoʻyib, termizi.uz sahifasiga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart. Unutmang, maʼlumot olinganda muallif va manzil koʻrsatmaslik mualliflik huquqining buzilishi kabi javobgarlikka sabab boʻladi.

Flag Counter

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика