✅ “Hakim Termiziyning sotsiologik qarashlari” mavzusida onlayn seminar o‘tkazildi

by Matbuot xizmati
199 👁️

#Seminar_2025

📅 2025 yil 10 sentyabr kuni Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashabbusi bilan “Hakim Termiziyning sotsiologik qarashlari” mavzusida onlayn ilmiy seminar tashkil etildi.

🔰 Seminarda Turkiyadagi Bursa Uludag‘ universiteti professori, Dr. Solih Chift hamda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, Dr. Jo‘rabek Cho‘tmatovlar ma’ruza qildi.

📖 Tadbir davomida Hakim Termiziyning ilmiy merosi, uning inson tabiati, jamiyat va ma’naviyati haqidagi qarashlari hamda sotsiologiya fanini boyituvchi g‘oyalari keng yoritildi. Ma’ruzachilar Hakim Termiziyning asarlaridagi ijtimoiy fikrlar, inson ruhiyati va ma’naviy kamolot masalalariga qaratilgan mulohazalarining bugungi kundagi ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdilar.

📌 Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan turli savollar berildi, o‘zaro fikr almashuv va bahs-munozaralar orqali mavzuga kengroq yondoshildi.

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика