“ÖZBEKISTON ZIYOLILARI KENGAŞI”NING ILK YIĞILIŞI BÖLIB ÖTDI

by Matbuot xizmati
6 👁️

Şu kunlarda Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning ilk yiğilişi bölib ötmoqda. Bu anjuman ilm-fan, maʼnaviyat va maʼrifat sohasi vakillarini umummilliy maqsadlar yölida birlaştirayotgan muhim ijtimoiy-siyosiy voqeadir.

Özbekiston tarixida bu maqomdagi dastlabki tuzilmaning birinçi yiğilişida mamlakatimizning yetakçi olimlari, professor-öqituvçilari, ijodkorlari va jamoatçilik faollari qatorida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Muzaffarxon Joniyev ham qatnaşmoqda. Ikki kunlik nufuzli anjumanga 500 dan ziyod iştirokçi, jumladan, 210 nafar hududiy delegat, şuningdek, pedagoglar, şifokorlar, yoş tadqiqotçilar va tadbirkorlar jalb etilgan.

Ilmiy-maʼrifiy muloqotlar jarayonida Kengaş aʼzolari Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida xalqimizning boy tarixiy merosi, noyob eksponatlari, milliy va diniy qadriyatlarimizni aks ettiruvçi ekspozitsiyalar, zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan stend, körgazma materiallari va media mahsulotlari bilan yaqindan tanişdi.

Mamlakatimiz tarixida ilk bor şakllantirilgan mazkur Kengaş faoliyati ilm-maʼrifat ahlining saʼy-harakatlarini el-yurt manfaatlari, davlat ravnaqi va odamlarning har tomonlama kamoloti singari ezgu maqsadlar yölida jipslaştiriş, jamiyatda maʼnaviy yuksaliş va iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyot surʼatlarini yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi taʼkidlanmoqda.

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика
Hakim Termiziy 1200 yilligi xalqaro ilmiy konferensiyasi