Konferensiya doirasida Hakim Termiziy majmuasida daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi

by Matbuot xizmati
9 👁️

#XALQARO_ILMIY_KONFERENSIYA

Konferensiya doirasida Hakim Termiziy majmuasida daraxt ekish marosimi bo‘lib o‘tdi

🌳“I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” doirasida o‘tkazilayotgan “Termiz hadis maktabi: allomalar merosi va zamonaviy tadqiqotlar” mavzusidagi IV xalqaro ilmiy konferensiya ishtirokchilari Hakim Termiziy majmuasini ziyorat qildilar.

🍀Shundan so‘ng Hakim Termiziy majmuasi bog‘i hududida daraxt ekish marosimi tashkil etildi. Unda Misr Arab Respublikasi Vaqf ishlari vaziri Usoma Sayyid Mahmud Muhammad Azhariy, Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Bosh muftiysi Ibrohim Hasanot hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining mas’ul xodimi Irgash Daminov, shuningdek, konferensiyaning boshqa nufuzli mehmonlari ishtirok etib, manzarali daraxt ko‘chatlarini ekdilar.

🌿Tadbir ishtirokchilari ushbu ezgu tashabbusni islom dinida tabiatni asrash, atrof-muhitga ehtirom ko‘rsatish, obodonlashtirish va yashil hududlarni kengaytirishga qaratilgan qadriyatlarning amaliy ifodasi sifatida e’tirof etdilar.

✍️ Imom Termiziy XITM Matbuot xizmati

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика