“Termiz hadis maktabi: allomalar merosi va zamonaviy tadqiqotlar” mavzusidagi IV xalqaro ilmiy konferensiya o‘z ishini boshladi.

by Matbuot xizmati
10 👁️

#XALQARO_ILMIY_KONFERENSIYA

“Termiz hadis maktabi: allomalar merosi va zamonaviy tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya o‘z ishini boshladi.

Mazkur nufuzli konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Yangi O‘zbekistonda Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish, islom ma’rifati va ilmiy merosini chuqur o‘rganish hamda uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib etishga qaratilgan izchil islohotlarning amaliy ifodasi bo‘lgan “I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi: tinchlik, bag‘rikenglik va ilm-ma’rifat yo‘li” mavzusidagi forum doirasida tashkil etilmoqda.

Konferensiyada dunyoning 10 dan ortiq davlati, jumladan, Iordaniya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Jazoir, Italiya, Misr, Turkiya hamda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 25 ga yaqin islom olamining taniqli ulamolari, musulmon mamlakatlari muftiylari, davlat va jamoat arboblari ishtirok etmoqda.

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика