I XALQARO ISLOM SIVILIZATSIYASI FORUMI DOIRASIDA O‘TKAZILAYOTGAN IV XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA ISHTIROKCHILARI EHTIROM ILA KUTIB OLINADI!

by Matbuot xizmati
17 👁️

#XALQARO_ILMIY_KONFERENSIYA

I XALQARO ISLOM SIVILIZATSIYASI FORUMI DOIRASIDA O‘TKAZILAYOTGAN IV XALQARO ILMIY-AMALIY KONFERENSIYA ISHTIROKCHILARI EHTIROM ILA KUTIB OLINADI!

💬Bugun I Xalqaro islom sivilizatsiyasi forumi doirasida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida o‘tkazilayotgan “Termiz hadis maktabi: allomalar merosi va zamonaviy tadqiqotlar” mavzusidagi IV xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun tashrif buyurgan xorijlik nufuzli olimlar Termiz xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Mehmonlarni mutasaddilar samimiy qarshi olib, ularni yurtimizga tashrifi bilan qutladilar.

💬Shuningdek, bugungi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning ilm-fan va ma’naviy hayotdagi o‘rni, dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan taniqli ulamolar hamda ilm ahli bir maskanda jam bo‘lishi o‘zaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlashi, tajriba almashish va ezgu g‘oyalarni keng targ‘ib etishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

💬Mazkur nufuzli anjumanda dunyoning 10 dan ortiq davlati, jumladan, Iordaniya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Jazoir, Italiya, Misr, Turkiya hamda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 25 ga yaqin islom olamining taniqli ulamolari, musulmon mamlakatlari muftiylari, davlat va jamoat arboblari ishtirok etmoqda.

✍️ Imom Termiziy XITM Matbuot xizmati

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика