
#Imom_Termiziy
ILM – XOTIRA BILAN BEZANSA, MO‘JIZA BO’LUR
📚Ahmad ibn Abdulloh Marvaziy rivoyat qiladi:
📚 Imom at-Termiziy Makka safarida bir shayx bilan uchrashib, undan hadis eshitadi. O‘zi bilan hadislar yozilgan daftarlarni oldim deb o‘ylagan bo‘lsa-da, ular aslida bo‘sh varoqlar bo‘lib chiqadi. Shayx hadislarni rivoyat qilgach, Imom Termiziy ularning barchasini yoddan, tartibi bilan qayta aytib beradi. Shayx ishonmagach, yana qirqta kamyob hadisni rivoyat qiladi. Imom Termiziy ularni ham bir marta eshitish bilan yodlab, to‘liq takrorlab beradi. Shunda shayx hayrat bilan:
📚«Men umrimda sizdek xotiraga ega insonni ko‘rmaganman», deydi.
📖Imom Abu Fazl Maqdisiyning «Shurutu aimmatis sitta» kitobidan.