✔️Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqd

by Matbuot xizmati
82 👁️

Tadbirlar

Konsepsiya

✔️Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari davom etmoqd

🔰Bugun Termiz davlat Muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Oʻzbekiston – millatlararo totuvlik va diniy bagʻrikenglik yurti” hamda “Fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.


✅ Unda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Ilmiy tadqiqot bo‘limi boshlig‘i, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Sarvar Saidov, universitetning o‘qituvchi va talabalar ishtirok etdi.
✅Tadbirda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Ilmiy tadqiqot bo‘limi boshlig‘i Sarvar Saidov tomonidan fuqarolarining vijdon erkinligini taʼminlash, dinlar oʻrtasidagi bagʻrikenglikni mustahkamlash va diniy sohada amalga oshirilayotgan davlat siyosati yuzasidan atroflicha maʼlumotlar berildi.


✅So‘zga chiqqanlar mamlakatimizda barcha din vakillariga yaratilayotgan teng huquq va imkoniyatlar, vijdon erkinligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlar haqida so‘z yuritdilar.


💬Tadbir yakunida ishtirokchilar diniy e’tiqod va vijdon erkinligi, turli oqimlarga nisbatan ongli yondashuv hamda davlatning bu boradagi siyosiy yondashuvi haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, talabalarga bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, tinchlik va totuvlik qadriyatlarini chuqur anglash, ularni hayotda keng targ‘ib etish zarurligi haqida tavsiyalar berildi.

✍️Imom Termiziy XITM Matbuot xizmati

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика