✅Hadis ilmi va inson kamoloti: Hakim Termiziy merosi dolzarbligi haqida ilmiy seminar

by Matbuot xizmati
107 👁️

Ilmiy_amaliy_seminar

Kitoblar_taqdimoti

✅Hadis ilmi va inson kamoloti: Hakim Termiziy merosi dolzarbligi haqida ilmiy seminar

📚Bugun “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasida “Hadis ilmi va inson kamoloti: Hakim at-Termiziy merosining dolzarbligi” nomli ilmiy-amaliy seminar hamda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan yangi kitoblarning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

✅Tadbirda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy xodimlari J. Cho‘tmatov va O. Ayniddinov, shuningdek, “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining o‘qituvchilari va talabalari, hamda “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi xodimlari ishtirok etishdi.

✍️Seminar davomida Hakim at-Termiziyning boy ilmiy merosi, hadis ilmining inson kamolatidagi o‘rni hamda bugungi davr uchun mazkur merosning dolzarbligi yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, markaz tomonidan chop etilgan yangi ilmiy nashrlar taqdim etilib, ularning mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berildi.

✔️Tadbir yakunida “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi tomonidan Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimlari va “Imom Termiziy” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchilariga tashakkurnomalar topshirildi.

📚Shuningdek, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan “Buyuk Termiziylar” rukni ostida nashr etilgan 10 ta xalqchil risolalar to‘plami “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasiga taqdim etildi.

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика