“Sunan Termiziy sharhi” 5-jild namoz kitobi nashrdan chiqdi

by Matbuot xizmati
185 👁️

👤 Muallif: Abu Iso at-Termiziy.

👤Nashrga tayyorlovchi: Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining ilmiy jamoasi

✅ Bu kitob buyuk vatandoshimiz, ulug‘ muhaddis olim Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziyning (209/824–279/892) shoh to‘plami  «Sunan at-Termiziy» asarining ko‘p jildli sharhidir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflari asrlar davomida yurtimiz musulmonlari amal qilib kelgan moturidiya aqidasi hamda hanafiy mazhabi asosida sharhlangan. Asarni o‘qir ekanmiz, hanafiy mazhabi va moturidiya aqidasining naqadar sahih hadislarga muvofiq ekaniga imonimiz komil bo‘ladi, ko‘nglimiz yanada xotirjam bo‘ladi. Kitobning o‘zbek tiliga to‘liq akademik tarjimasi, hadislarning ilmiy-izohli sharhi qo‘lyozma, toshbosma va zamondosh olimlar sharhlariga asoslangan holda ilk bor nashr etilmoqda.

Beshinchi jildda «Kitob as-Solat» (Namoz kitobi) hadislarining ikkinchi qismi  251-451-raqamli hadislar sharhlangan.

📝 Hajmi: 592 bet

📚 Muqovasi: Qattiq

🖨 Nashriyot: Toshkent:

“Hilol-Nashr” nashriyoti,

🇺🇿 Alifbosi: Kirill

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining 2024-yil 21-avgustdagi 03-07/5135-raqamli xulosasi asosida nashrga tayyorlangan.

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика