Nashriyot bo‘limi faoliyati
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 14 fevraldagi PQ-2774-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshiradi.
Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va sohaga oid qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va farmoyishlariga, yuqori tashkilotning buyruqlariga, soha bilan bog‘liq yo‘riqnomalarga, shuningdek, Markaz Nizomiga amal qiladi.
Shuningdek, hadis ilmining rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan vatandoshimiz Imom Termiziy va termiziy allomalar, shuningdek, yurtimizdan yetishib chiqqan boshqa mutafakkirlarning ulkan ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini tahrir qilish va nashr etishni ta’minlaydi.
Nashriyot bo‘limining vazifalari
Markaz vazifalariga muvofiq ravishda bo‘lim faoliyati, bo‘lim ish rejasining o‘z vaqtida tuzilishini, ish reja va hisobotlarning yuqori darajada bajarilishini ta’minash;
Markaz tomonidan tayyor qilingan kitob va risolalarni tahrir qilish va nashr etish;
Markaz ilmiy xodimlari tomonidan tayyorlangan kitob va risolalarni kitob shaklida tayyorlash;
Markaz tomonidan tayyorlangan materiallarni O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaga taqdim etish;
Qo‘mita tomonidan ijobiy xulosa berilgan kitob, risola va to‘plamlarni nashr etish;
nashriyotda nashr etilgan kitob va risolalarni har birini tekshirish Qo‘mita tomonidan berilgan gologramma bilan tamg‘alashni nazoratga olish;
joylarda Markaz tomonidan chiqarilgan kitob va risolalarni taqdimotini o‘tkazish;
Markaz rahbariyati ko‘rsatmasiga asosan o‘z vakolati doirasidagi boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Bo‘limning huquqlari va javobgarligi
Bo‘lim nomidan bo‘lim boshlig‘i:
- topshirilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Markazning boshqa bo‘limlari bilan muntazam va teng huquqli hamkorlik qiladi;
- Markaz direktorining topshiriqlarini o‘z vakolati doirasida vaqtida bajaradi;
- qonun hujjatlariga hamda Markaz Nizomi asosida ish yuritish, bo‘limga yuklangan vazifalarni ijro etadi;
- Bo‘lim ilmiy xodimlarining mas’uliyat darajasini lavozimlar yo‘riqnomasida belgilaydi.
Bo‘lim boshlig‘i bo‘lim umumiy faoliyati ustidan nazoratni olib boradi va bo‘limga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha javobgar hisoblanadi.
Bo’lim boshlig’i
Oyatulloh Ayniddinov Sharifovich
Telefon: (93) 594-44-85
Email: aynitdinovoyatullo@gmail.com