Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi faoliyati
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017 yil 14 fevraldagi PQ-2774-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshiradi.
Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va sohaga oid Qonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va farmoyishlariga, yuqori tashkilotning buyruqlariga, soha bilan bog‘liq yo‘riqnomalarga, shuningdek Markaz Nizomga amal qiladi.
Shuningdek, hadis ilmining rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan vatandoshimiz Imom Termiziy va termiziy allomalar, shuningdek yurtimizdan yetishib chiqqan boshqa mutafakkirlarning ulkan ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish orqali xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib qilish, ushbu mavzularga doir ilmiy tadqiqotlarni tizimli tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Ilmiy tadqiqot bo‘limining vazifalari
Markaz vazifalariga muvofiq ravishda bo‘lim faoliyati, bo‘lim ish rejasining o‘z vaqtida tuzilishi, ish reja va hisobotlarning yuqori g‘oyaviy-nazariy saviyasi, ilmiy va badiiy darajasiga javob berish, istiqboldagi, yillik, choraklik rejalarni tuzish;
Bo‘lim ilmiy xodimlarining hadis, Qur’on, fiqh, kalom va boshqa sohalardagi ilmiy-tadqiqot, targ‘ibot, tarjima faoliyatini tashkil etish;
Islom sivilizatsiyasining umuminsoniy qadriyatlarini, jumladan xalqimiz ma’naviyati va madaniyati rivojida tutgan o‘rni va ahamiyatini o‘rganish, ularning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etish;
Jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayonida dunyoda, mintaqa va mamlakatimiz hayotida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, uning ma’rifiy-madaniy rolini va rivojlanish yo‘nalishlarini ilmiy asosda o‘rganib, keng jamoatchilikka yetkazish;
O‘rta asrlarda o‘tgan islom ulamolari va mutafakkirlarining hadis, kalom (ilohiyot ilmi), fiqh (islom huquqi) va islom tarixi yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-ma’naviy merosini yanada chuqurroq tadqiq etishga oid loyihalarni amalga oshirish;
O‘rta asr musulmon olimlarining tabiiy va aniq fanlar yo‘nalishidagi ilmiy merosini, shuningdek matematika, astronomiya, mineralogiya, geografiya, falsafa, mantiq fanlariga oid asarlarini tadqiq etishga oid loyihalarni amalga oshirish;
“Jaholatga qarshi – ma’rifat” g‘oyasi asosida islom diniga nisbatan sodir etilayotgan asossiz xurujlarning oldini olish, shuningdek, diniy aqidaparastlik, mutaassiblik, ekstremizm, missionerlik, soxta tarikatlar va jamoalarning maqsadlari, g‘oyaviy-aqidaviy negizlari, zamonaviy ko‘rinishlari va faoliyat uslublarini o‘rganish va ularga qarshi raddiya sifatida hadislar asosida maqola va risolalar tayyorlash;
Boy madaniy va ma’naviy meros, dunyoviy hamda diniy ilmlar uyg‘un ravishda tadqiq etilishini tashkil qilish orqali uning natijalarini ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash va keng jamoatchilikka yetkazishda tashkiliy-amaliy yordam ko‘rsatish;
Markaz rahbariyati ko‘rsatmasiga asosan o‘z vakolati doirasidagi boshqa vazifalarni amalga oshirish.
Bo‘limning huquqlari va javobgarligi
Bo‘lim nomidan bo‘lim boshlig‘i:
• Bo‘limga yuklatilgan vazifalar doirasida Markaz nomidan vakillikni ta’minlaydi va muzokaralar olib boradi;
• Topshirilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Markazning boshqa bo‘limlari bilan muntazam va teng huquqli hamkorlik qiladi;
• Bo‘lim ilmiy xodimlarini o‘z vazifasiga bo‘lgan munosabatini shakllantirish, ularning mehnat qilishlari uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, bo‘lim xodimlarini rag‘batlantirish va ma’muriy jazo bo‘yicha chora ko‘rish yuzasidan takliflar kiritadi;
• Markaz direktorining topshiriqlarini o‘z vakolat doirasida vaqtida bajaradi;
• Qonun hujjatlariga hamda Markaz Nizomi asosida ish yuritish, bo‘limga yuklangan vazifalar va masalalarni ijro etadi;
• Bo‘lim ilmiy xodimlarining mas’uliyat darajasini lavozimlar yo‘riqnomasida belgilaydi;
Bo‘lim boshlig‘i bo‘lim umumiy faoliyati ustidan nazoratni olib boradi va bo‘limga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarilishi bo‘yicha javobgar hisoblanadi.

Bo’lim boshlig’i
Saidov Sarvar Atabullo o’g’li
Tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Telefon: (0355) 451-05-99
Email: termiziycenter@gmail.com

Katta ilmiy xodimi
Cho’tmatov Jo’rabek Omonovich
Tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)
Telefon: (0355) 451-05-99
Email: termiziycenter@gmail.com

ilmiy xodimi
Xudoynazarov Faxriddin Xaitovich
Telefon: (0355) 451-05-99
Email: termiziycenter@gmail.com

ilmiy xodimi
Abduvaxidov Abdullaziz Abdusattor o’g’li
Telefon: (0355) 451-05-99
Email: termiziycenter@gmail.com

ilmiy xodimi
Xalilov Shavkatjon Bahrom o‘g‘li
Telefon: (0355) 451-05-99
Email: termiziycenter@gmail.com