Axborot-resurs markazi fondidan 2000 dan ziyod turli yo‘nalishlardagi nashrlar joy olgan. Mazkur adabiyotlar mavzuviy qamrovi jihatidan juda keng bo‘lib, ensiklopediyalar, diniy-ma’naviy asarlar, falsafiy-siyosiy ishlar va huquqshunoslikka oid manbalar, shuningdek, pedagogika, etnografiya, tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohalariga tegishli nashrlar hamda turli tarixiy to‘plamlarni o‘z ichiga oladi. Bu kitoblar nafaqat soni bilan, balki mazmun va ilmiy qimmati bilan ham ahamiyatlidir. Ularning barchasi talabalar, o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun bilimni boyitish, ma’naviy kamolotga erishish hamda yangi izlanishlarni amalga oshirishda qimmatli manba vazifasini o‘taydi.
Bundan tashqari, markaz fondida 100 dan ortiq qo‘lyozma va toshbosma asarlar ham saqlanadi. Ular Qur’on va hadis ilmlari, aqida va fiqh, tasavvuf, adabiyot hamda tarix sohalariga oid qadimiy manbalar hisoblanadi. Mazkur qo‘lyozma va toshbosmalar milliy ma’naviy merosni chuqur o‘rganish, manbashunoslik tadqiqotlarini amalga oshirish hamda islomiy-huquqiy va falsafiy ta’limotlarni tahlil etishda alohida ilmiy ahamiyat kasb etadi.
Bo‘limning vazifalari:
– Markaz kutubxonasining ish faoliyatini boshqaradi;
– Kutubxonaning doimiy ishlashini ta’minlaydi. Kutubxonaning fondini boyitib borish uchun yangi adabiyotlar olishga buyurtmalar beradi;
– Kutubxonada mavjud kitoblarning kartotekasini tuzadi;
– Qo‘lyozma va toshbosma kitoblarning saqlanishi, restavratsiya qilinishi, ularning sonini boyitib borish, aholidan yangi ko‘lyozmalar sotib olish, qo‘lyozma va toshbosma asarlar fihrestini muntazam yangilab borishga, qo‘lyozmalardan foydalanganlarni ro‘yxatga oladi;
– Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi va zamonaviy umumjahon tendensiyalarini hisobga olgan holda axborot-resurs markazi faoliyatini takomillashtirib boradi:
– Kutubxona faoliyatinpig samaradorligini va foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish tezkorligini oshirish uchun elektron kitoblar tarqatishga ixtisoslashgan internet-resurslar bilan hamkorlikni kengaytiradi;
– Axborot-kutubxona muassasalari xavfsizligini hamda milliy va jahon madaniy merosining bir qismi sifatida axborot-kutubxona fondlarining yaxshi saqlanishini ta’minlaydi;
– Jamiyatning axborot madaniyatini, tariximizga va milliy madaniyatga qiziqishini shakllantirish va kuchaytirish, mutolaa madaniyatini oshirish va targ‘ib qiladi;
– Markaz kutubxonasini yangi nashrdan chiqqan kitoblar bilan boyitish va ularning elektron nusxasini tayyorlaydi.
Bo‘limda 2 kishi faoliyat olib boradi.


Ilmiy xodim
Ergashova Muxlisa To‘lqin qizi
Telefon: (0355) 451-05-99
Email: ergashovamuhlisa97@gmail.com