Alloh taolo barchamizni muborak Ramazon oyining kirib kelishi bilan barakali qilsin. Bu oy – Alloh taolo tanlagan rahmat, mag‘firat va do‘zax olovidan najot vaqtidir. Bu oyda musulmon ummati bir yurak va bir jon bo‘lib birlashadi.
Men O‘zbekiston Respublikasidagi barcha birodar va opa-singillarimizni samimiy tabriklayman. Bu mamlakat tarix davomida ilm-fan va ma’rifat sohalarida islom sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan. Albatta, Movarounnahr sivilizatsiyasi va u yetishtirgan buyuk ulamolar ummat manfaati yo‘lida beqiyos xizmat qilganlar. Ular orasida zamonlar o‘tsa-da nomi abadiy qoladigan ulug‘ zotlar bor. Jumladan, hazrati Imom Buxoriy – Alloh u zotdan rozi bo‘lsin va rahmatiga olsin – hamda hazrati Imom Termiziy kabi buyuk allomalar.
📹YouTubeda: ➡️https://youtu.be/P5I4ex5Hw7Q
🎙Prof. Dr. Ahmad Besagir – Jazoir Lag‘uat shahridagi Islom fanlari va sivilizatsiyasi tadqiqotlari markazi direktori