RAMAZON — ICHKI TINCHLIK, MA’NAVIY BARQARORLIKKA YETAKLAYDI

by Matbuot xizmati
8 👁️

Har yili musulmon dunyosi intiqlik bilan kutadigan Ramazon oyi keldi. Bu oy nafaqat toat-ibodat va ro‘za bilan bog‘liq, balki ruhiy poklanish, sabr-toqatni oshirish va jamiyatda birdamlikni mustahkamlash davri sifatida e’tiborga loyiqdir.

 Shu bois, mukaddas oyning har lahzasi insonlar hayotida chuqur iz qoldiradi.

Ramazon oyida tongdan quyosh botgunga qadar tutilgan ro‘zaning ahamiyati ham beqiyos. Ro‘za faqat ovqat va ichimlikdan tiyilish emas, balki yomon so‘zlardan, gazab va hasad singari salbiy illatlardan tiyilish demakdir. Shu tariqa ro‘za insonni ruhiy jihatdan poklaydi, qalbni tozalaydi va Allohga yaqinlashtiradi. Boshqa bir jihatdan ro‘za sabr-tokatni oshiradi, insonni o‘z ustida ishlashga undaydi. Ro‘za tutish orqali odamlar salbiy odatlaridan voz kechishni, kalbni yumshatishni va mehr-muhabbatni kuchaytirishni o‘rganadilar. Shu bilan Ramazon insonni ichki tinchlik va ma’naviy barqarorlikka yetaklaydi.

Ramazon oyining yana bir muhim jihati ijtimoiy birlikdir. Bu oyda odamlar na faqat o‘zini poklaydi, balki jamiyatga foydali bo‘lishga harakat qiladi. Faqir va yetimlarga yordam berish, xayriya tadbirla rida ishtirok etish va hamjihatlikni oshirish Ramazon oyining ajralmas kismidir. Xar yili Ramazon oldidan turli tashkilotlar, korxonalar xayriya aksiyalarini, iftorlik tadbirlarini va ijtimoiy loyihalarni amalga oshiradilar. Bu tadbirlar yordam oluvchilar uchun quvonch, yordam qiluvchilar uchun esa ruhiy mamnuniyat manbayi bo‘ladi. Shu tariqa, Ramazon na faqat shaxsiy, balki ijtimoiy barakani oshiruvchi oy sifatida ham namoyon bo‘ladi.

Shuni ham ta’kidlash kerakki, Ramazon oyida oilaviy qadriyatlar ham alohida ahamiyatga ega. Oila a’zolari birgalikda iftorlik qiladilar, tong namozida qatna shadilar va Qur’on tilovat qilishadi. Bu oilada mehr-muhabbatni mustahkamlaydi va avlodlar o‘rtasida diniy qad riyatlarni uzluksiz davom ettirishga xizmat qiladi. Ramazon oilalarni birlashtiradi, yaqinlar bilan vaqt o‘tkazishga undaydi va bolalarga sabrtoqat, yaxshilik va xayr-ehson qilish kabi qadriyatlarni o‘rgatadi. Shu tariqa, bu oy shaxsiy va ijtimoiy tarbiya manbayi sifatida ham ahami yatlidir.

Ramazon nafaqat ibodat va xayriya, balki madaniy va ta’limiy faoliyat oyidir. Masjidlarda Kur’on musobaqalari, diniy ma’ruzalar va ma’naviy tadbirlar o‘tkaziladi. Bu tadbirlar yosh avlodni iymon va diniy bilimlar bilan tanishtira di, an’anaviy hamda diniy qadriyatlarni saqlash va rivojlan tirishga xizmat qiladi. Ramazon insonlar orasida mehr-oqibat va bir-birini hurmat kilish odatlarini mustahkamlash davri sifatida ham namoyon bo‘ladi. Shu sababli, bu oy jamiyatda tinchlik, hamjihatlik va do‘stona munosabatlarni oshirishga yordam beradi.

Ruhiy poklanish va ijtimoiy birlik oyining yakinlashgani nafaqat musulmonlar, balki butun jamiyat uchun ku vonchli voqea. Ramazon oyida inson qalbini tozalaydi, sabrtoqatni oshiradi va ijtimo iy mas’uliyatni his qiladi. Xar bir mu sulmon bu oyda o‘zini tarbiyalash, oilasi mustahkamlash va jamiyatda yaxshilik qilishga  intiladi. Shu bilan Ramazon na faqat shaxsiy, balki ijtimoiy barakali va foydali davrga aylanadi. Bu davrda har birimiz mehr-muhab batni kuchaytirish, birdamlikni mus tahkamlash va ruhiy jihatdan o‘zimizni boyitishga intilishimiz zarur.

Muxlisa Ergashova – Imom Termiziy ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика