
Konferensiya_2026
Taqdimot
Surxondaryo vohasida ziyorat turizmini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi
✅Bugun Termiz xalqaro savdo markazida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Surxondaryo viloyati Turizm boshqarmasi, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Termiz davlat universiteti hamkorligida “Surxondaryo vohasida ziyorat turizmining shakllanishi va rivojlanish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

✅Konferensiyada Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktorining o‘rinbosari Karomiddin Jamahmatov, Markazning ilmiy-tadqiqot bo‘limi boshlig‘i Sarvar Saidov, “Vaqf” xayriya jamoat fondi Surxondaryo viloyati filiali rahbari Abdusalom Fatxullayev, Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi bo‘limi boshlig‘i Botir Bozorboyev, shuningdek Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Termiz davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, talabalar va soha mutaxassislari ishtirok etdishdi.

✅Tadbir davomida “Termiziy allomalar hayoti — ibrat maktabi”, “Muqaddas maskanlarni ziyorat qilish odobi”, “Surxondaryo viloyatida ziyorat turizmini rivojlantirish va uning tashkiliy-iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari”, shuningdek “Turizm politsiyasining vazifalari va sohada qo‘llanilayotgan texnik vositalarning ko‘rgazmali namoyishi” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

✅Shuningdek, konferensiya doirasida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan ilmiy va ma’rifiy kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.

✅Tadbir yakunida ma’ruzalar yuzasidan ishtirokchilar o‘rtasida fikr almashinuvi bo‘lib o‘tdi, sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar bildirildi.
✍️Imom Termiziy XITM Matbuot xizmati