✍️Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Ey Rasululloh, men katta gunoh qildim, menga tavba bormi?» – dedi. U zot: «Onang bormi?» – dedilar. U: «Yo‘q», – dedi. U zot: «Xolang bormi?» – dedilar. U: «Ha», – dedi. U zot: «Unga yaxshilik qil», – dedilar.