KORRUPSIYA – ADOLAT VA JAMIYAT KUSHANDASI

by Matbuot xizmati
72 👁️

Korrupsiya (lotincha: corrumpo aynish, poraga sotilish) mansabdor shaxsning o’z mansabi bo’yicha berilgan huquqlarni shaxsiy boyish maqsadlarida bevosita suiiste’mol qilishidan iborat amaliyot. Mansabdor shaxslarni sotib olish, ularning poraga sotilishi ham Korrupsiya deyiladi. Xalqaro darajada 1970-yillarda Yaponiyaga samolyotlar sotishda kompaniya tomonidan oliy davlat amaldorlarini sotib olish bo’yicha «Lokxid ishi» eng yirik Korrupsiya ko’rinishlariga misol bo’ladi. Porani xaspo’shlash uchun yirik bitishuvlarda ko’proq xizmat haqi» to’lash amaliyotidan foydalaniladi.

Makroiqtisodiy tadqiqotlarga binoan, korrupsiya iqtisodiy o’sish va taraqqiyotga xalal beruvchi eng katta omildir.

Korrupsiya (lot. «Corrumpere» «buzmoq») termini odatda mansabdor shaxslar tomonidan unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o’zlarining shaxsiy manfaatlarini ko’zlab qonunchilik va axloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi. Ko’p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi. Korrupsiya ko’plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat sifatida ta’qib qilinadi.

Korrupsiyaning tarixiy o’zaklari juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum mavqega ega bo’lish uchun qabila sardorlariga sovg’alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi. O’sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to’siq ekanligini ko’rsatadi.

Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi Shumer davlati tan olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa, huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo’rligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. Chunki bu holat davlatning obro’siga juda qattiq putur yetkazardi. Dunyoning yetakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi

organlarning poraxo’rligi qattiq qoralanadi.

XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish

sifatiga tobora ko’proq ta’sir ko’rsata boshladi. Bu o’sha davrda qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarida o’z aksini topgan. Jumladan, 1787-yilda qabul qilingan AQSh Konstitutsiyasida pora olish AQSh prezidentini impechmentga tortish mumkin bo’lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko’rsatib o’tilgan.

Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o’rnining oshib borishi XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korrupsiyaning dunyoning boshqa mamlakatlariga nisbatan ancha kamayishiga olib keldi.

Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni korrupsiyani yuzaga keltiruvchi omillar sifatida ko’rsatadi. Ikki xil ma’noni anglatuvchi qonunlar ushbu vaziyat huquqni qo’llovchi mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qo’llash imkonini yaratadi. Shuningdek, ayrim mutaxassislar jinoyat, ma’muriy qonunchilikdagi vilka» sanksiyalarni ham korrupsiyaga qulay sharoit yaratishi mumkinligi haqida fikr yuritishgan. Ya’ni, sanksiyaning aniq miqdori yo’qligi sudyada uni o’z xohishiga qarab qo’llashga sharoit yaratib beradi. Aholi huquqiy savodxonligining pastligi tomonidan qonunlarni bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga o’zining shaxsiy manfaati yo’lida qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi. aholi

Xulosa shuki, Korrupsiyani yengish bu faqatgina qonuniy chora-tadbirlar bilan cheklanib qolmaydi. Bu jarayonda har bir fuqaroning halollikka sodiqligi, jamiyatning axloqiy darajasi va davlatning shaffof boshqaruvi hal qiluvchi rol o’ynaydi. Ildiz sabablarga qarshi tizimli ravishda kurash olib borilsa, korrupsiyani kamaytirish va adolatli jamiyat qurish mumkin bo’ladi.

Faxriddin XUDOYNAZAROV, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi

Baxtiyor TURDIMURODOV, Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali oʻqituvchisi

Mohinur QURBONOVA, Termiz davlat universiteti o’qituvchisi

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика