SURXONDARYO VOHASI ZIYORAT TURIZMI IMKONIYATLARI: O‘TMISH VA BUGUN

by Matbuot xizmati
45 👁️

Бугун Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida “Surxondaryo vohasi ziyorat turizmi imkoniyatlari: o‘tmish va bugun” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Mazkur konferensiya Surxondaryo viloyatining boy tarixiy-ma’naviy merosi hamda ziyorat turizmi salohiyatini ilmiy asosda o‘rganish va targ‘ib etishga bag‘ishlandi.

Konferensiyada Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy котиби Olim Sevarov, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti rektori Oybek Ruziyev, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Jo‘rabek Cho‘tmatov, Ichki ishlar boshqarmasi Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Farruh Qodirov, Termiz davlat universiteti turizm kafedrasi katta o‘qituvchisi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Dilfuza Xamzayeva hamda Viloyat oshpazlar uyushmasi raisi Botir Bozorboev ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Shuningdek, konferensiyada oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar faol qatnashdi.

Tadbir davomida O‘zbekistonda mahalliy va xalqaro diniy turizmni rivojlantirish istiqbollari, ilmiy turizm tushunchasi va uning mazmun-mohiyati, “Ziyorat odobi” mavzusidagi taqdimot, Naqshbandiya tariqatining So‘fi Olloyor tarmog‘i: silsila va shajara masalalari, turizm politsiyasining vazifalari hamda sohada foydalanilayotgan texnik va tashkiliy vositalarning ko‘rgazmali namoyishi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatida ziyorat turizmini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning o‘rni va ahamiyati, “Halol turizm” konsepsiyasi bo‘yicha taqdimotlar tinglandi. Ma’ruzalarda ziyorat turizmini rivojlantirish orqali hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish, tarixiy obidalarni asrash va milliy-ma’naviy qadriyatlarni keng targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Konferensiya ishtirokchilari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflar sohani yanada rivojlantirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика