
Taqdimot_2025
✅MARKAZ NASHRLARINING NAVBATDAGI TAQDIMOTI BO‘LIB O‘TDI
📚 Bugun Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Termiziylar avlodimiz” shiori ostida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan kitoblar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

🎚Tadbirda universitet o‘qituvchilari, talabalar, shuningdek Markaz xodimlari ishtirok etdi. Unda Markaz tomonidan chop etilgan kitob va risolalar hamda Termiziy allomalarning boy ilmiy-ma’naviy merosini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

🎚 Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar mazkur taqdimotning yoshlar ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini kuchaytirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

🎚Shuningdek, tadbir yakunida Markaz tomonidan “Buyuk Termiziylar” ruknida tayyorlangan 20 ta xalqchil risolalar universitet kutubxonasiga taqdim etildi.

🎚 Tadbir ishtirokchilari uchun bu uchrashuv nafaqat ma’naviy bilimlarni boyitishga xizmat qildi, balki buyuk ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan qiziqish va ehtiromni yanada mustahkamladi.

✍️Imom Termiziy XITM Matbuot xizmati