
#Jaholatga_qarshi_ma’rifat
#Konsepsiya
✔️“JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT”
🔰Bugun Denov tumani «Kiyovsuv», «Fayzobod», «Sina» mahalalalri va 58-60-65-sonli maktablarida “Jaholatga qarshi ma’rifat” hamda “Fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

✅ Tadbirda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o‘rinbosari Jamahmatov Karomiddin, Ilmiy tadqiqot bo‘limi boshlig‘i Sarvar Saidov tomonidan bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, olib borilayotgan ijtimoiy – iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar xususida fikrlar bildirildi

✅So‘zga chiqqanlar internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularni oldini olish masalalari, yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tildi.

💬Tadbir yakunida ishtirokchilar diniy e’tiqod va vijdon erkinligi, turli oqimlarga nisbatan ongli yondashuv hamda davlatning bu boradagi siyosiy yondashuvi haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. Shuningdek, talabalarga bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, tinchlik va totuvlik qadriyatlarini chuqur anglash, ularni hayotda keng targ‘ib etish zarurligi haqida tavsiyalar berildi.
✍️Imom Termiziy XITM Matbuot xizmati