
⌛Bugun Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Surxondaryo viloyati oliy ta’lim muassasalari psixologlari uchun “Mutaassib va mutaassiblikka moyil shaxslarning psixologik xususiyatlari” mavzusida seminar o‘tkazildi.
💠Tadbirda mutaassiblikka moyillikka olib keluvchi omillar, bu holatni barvaqt aniqlash va psixologik profilaktika usullari haqida ma’lumot berildi.

💠Seminarni Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Joniev Muzaffarxon olib bordi. U yot g‘oyalarning psixologik ta’siri va bunday holatlar bilan ishlash usullari bo‘yicha amaliy tavsiyalar berdi.

✅Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z savollariga batafsil javoblar olishdi.

✍️Imom Termiziy XITM Matbuot xizmati