🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining “Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun 1991-yil 18-noyabrdagi navbatdan tashqari XII sessiyasida tasdiqlangan
🔵 Bayroqdagi moviy rang – uning ostida barcha millatlar turli xil xavf-xatarlardan xoli, emin-erkin holda ahil-inoq yashab kelayotgan musaffo osmonimiz hamda obi hayot ramzidir.
⚪️ Bayroqdagi oq rang – davlatimiz fuqarolarining o‘zaro hamjihatlikda, bir-birini hurmat qilib, diniy bag‘rikenglik tamoyillari asosida tinch-totuv yashayotganining timsoli
🟢 Yashil rang esa tabiatning yangilanishi hamda yurtimizning jannatmonand ekanligi ramzidir
🔴 Qizil chiziqlar davlatimiz farovonligi, jamiyat taraqqiyoti yo‘lida o‘zaro hamjihatlik bilan hormay-tolmay mehnat qilayotgan yurt farzandlarining vujudida oqayotgan hayotiy qudrat irmoqlaridir
🌙 Yarim oy tasviri tarixiy an’analarimiz bilan bog‘liq
⭐️ 12 yulduz o‘zbek xalqi madaniyatining qadimiyligi, uning komillikka, o‘z tuprog‘ida saodatga intilishi ramzidir