
Kun_tarixi
Til_bayrami
21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni
✅Milliy tilda xalqning ma’naviy-madaniy hayoti, ajdodlarning dunyoqarash va tafakkuri, ilmiy va ijodiy merosi mujassam bo‘ladi. Dunyodagi barcha ezguliklar ona allasi orqali farzand ongu shuuriga ona tilida singadi. O‘zligini saqlab qolishga intilgan har bir xalq, millat ona tilini asrab-avaylashni va avlodlarga uni bezavol yetkazishni o‘zining muqaddas burchi deb biladi.
2019- yil 21-oktyabr kuni Davlatimiz rahbari «O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. 2020-yil 10-aprelda esa Davlatimiz rahbari tomonidan «O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni imzolandi. Unga ko‘ra, 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni etib belgilandi.
✅Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi barcha vatandoshlarni o‘zbek tili bayrami kuni bilan muborakbod etadi.
✍️Imom Termiziy XITM Matbuot xizmati