✅IMOM TERMIZIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZINING YANGI NASHR ETILGAN KITOBLARI TAQDIMOTI O‘TKAZILDI.

by Matbuot xizmati
102 👁️

#Taqdimot_2025

✅IMOM TERMIZIY XALQARO ILMIY-TADQIQOT MARKAZINING YANGI NASHR ETILGAN KITOBLARI TAQDIMOTI O‘TKAZILDI.

📚 Bugun Termiz davlat pedagogika institutida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyati hamda nashrlariga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.

💠Tadbirda institut o‘qituvchilari, talabalar, shuningdek Markaz xodimlari ishtirok etdi. Unda Markaz tomonidan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, chop etilgan kitob va risolalar hamda Termiziy allomalarning boy ilmiy-ma’naviy merosini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib etish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

💠 Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar mazkur taqdimotning yoshlar ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini kuchaytirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.

💠Shuningdek, tadbir yakunida Termiziy allomalarning asarlari asosida tayyorlangan savol-javoblarda faol ishtirok etgan talabalar Markaz nashrlari bilan taqdirlandi.

💠 Tadbir ishtirokchilari uchun bu uchrashuv nafaqat ma’naviy bilimlarni boyitishga xizmat qildi, balki buyuk ajdodlarimiz merosiga bo‘lgan qiziqish va ehtiromni yanada mustahkamladi.

 ✍️Imom Termiziy XITM Matbuot xizmati

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика