IMOM TERMIZIYNING HADIS ILMI RIVOJIDAGI HISSASI OLIMLAR E’TIROFIDA

by Matbuot xizmati
93 👁️

Annotatsiya. Ushbu maqolada hadis ilmining buyuk vakillaridan biri hisoblangan yetuk muhaddis olim Imom At – Termiziy ( Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zahhok Sulamiy Bug‘iy Termiziy ) allomamizning ibratli hayot yo‘llarini va boy ma’naviy merosining sarchashmasi bo‘lgan asarlarini pedagogik ta’limotlari (mazmuni, o‘ziga xos jihatlari, ustuvor g‘oyalari, samarali shakl, metod va vositalari) o‘quv-tarbiyaviy jarayonda tarbiyaviy-axloqiy qarashlaridan foydalanish borasidagi tasavvurlari, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan qarashlar orqali insonlarni halol adolatli, iymon e’tiqodli, diyonatli, pokiza, mehnatsevar, muruvvatli, rahm- shafqatli, ota-ona, ayollarga nisbatan hurmat hosil qilishning mazmun, mohiyatini o‘rgatish va bugungi davrda qiyosiy-tahlil qilish orqali hozirgi davrimiz uchun ham o‘rnak bo‘ladigan ko‘p ibratomuz fazilatlarini, ilm – fanga g‘oyatda chanqoqligini; tartibli hadislarida qanchalik darajada sahih (to‘g‘ri, ishonchli), hasan (yaxshi, ma’qul) yoki zaif (bo‘sh va ishonchsiz), g‘ariyb (g‘alati) mavzu (soxta yoki o‘ylab topilgan) ekanligini qayta-qayta tekshirgan sinchiklab o‘rgangan, ajratib har bir fikrlarga mantiqan yondashganligi zamondoshlari tomonidan yuksak e’tiroflar, ta’riflar orqali buyuk ilm sohibiga bo‘lganligining yana bir isboti sifatida «Hadis ilmida iqtido qiladigan yagona olim» yoki «Birinchilardan bo‘lib hadislarni sahih, hasan, zaifga taqsim qilganligiga» guvohlik berilishi tahsinga munosib ko‘rilganligini yoritib berish biz yoshlar uchun ham ilmiy, ham amaliy jihatdan mayoq bo‘lgan ilm sarchashmasini dasturi amal qilib targ‘ib qilishdir. Muhaddis olimning asarlaridagi ravonlik faqat ziyolilargina emasligi, balki har bir inson uchun tushunishi mumkin bo‘lishi haqida so‘z yuritiladi.

Tayanch so‘zlar: sahih, hasan, zaif, g‘ariyb, qiroat, tafsir, duo, manoqib, hadis, kalom, juz, imom, hadis, sahih, payg‘ambar.

Abstract. In this article, one of the greatest representatives of the sciyence of hadith, the mature scholar Imam At-Tirmizi (Muhammad ibn Isa ibn Sawra ibn Musa ibn Zakhdok Sullami Bugyi Tirmizi) pedagogic teachings of our scholarʼs exemplary ways of life and his rich spiritual heritage. (content, unique aspects, priority ideas, effective form, methods and tools) ideas about the use of educational and moral viyews in the educational process, making people honest, fair, religious, pious, pure, hardworking, kind-hearted, compassionate, father-mother, respect for women, teaching the meaning and essence of teaching and comparative analysis in todayʼs era, many instructive qualitiyes that will be an example for our time, sciyence – sciyence thirst in the verse; To what extent the hadiths are sahih (true, reliable), hasan (good, acceptable) or weak (loose and unreliable), garib (strange) subject (false or invented) His contemporariyes gave high recognitions and definitions to him as «the only scholar who excels in the sciyence of Hadith» or«one of the first» by his contemporariyes. To clarify that it is considered worthy to give testimony to the division of hadiths into sahih, hasan, and weak, is to promote the program of spreading knowledge, which is a beacon for our youth, both sciyentifically and practically. It is said that the fluency in the works of Muhaddis scholar is not only for intellectuals, but that it can be understood by everyone.

Keywords: sahih, hasan, weak, gharib, recitation, tafsir, dua, manoqib, hadith, kalam, juz, imam, hadith, sahih, prophet.

«Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga sing- dirish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak».

Shavkat Mirziyoev

Termiz – O‘zbekiston janubida, ko‘hna Jayhun (Amudaryo)ning o‘ng sohilida joylashgan bandargoh shahar. U asrlar davomida Tarmita, Antioxiya – Tarmita, Demetrias, Tarmid, Tarmiz, Tami, Tamo singari turli nomlar bilan atalib kelgan. X asrddan boshlab Termiz deb nomlangan (arab va fors manbalarida Tirmiz deyiladi). Sharafiddin Ali Yashdiyning «Zafarnoma» asarida «Madinatur rijol» deb ham atalgan Mazkur shahar va uning atroflarida yetishgan buyuk allomalarning barchasi Termiziy taxallusi bilan shuhrat topganlar. Mustaqillik tufayli shaharning moddiy va ma’naviy eshiklari ochildi: ma’naviy xazinalar kashf bo‘ldi. Aziz Termiziylarning ma’naviy meroslari xalqqa qaytarila boshlandi. 537

Ayniqsa, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan 2017 yil 14 fevralda «Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining qabul qilinishi ilm-ma’rifat rivojiga hissa qo‘shgan ulug‘ allomalarimizning ma’naviy merosini chuqur o‘rganishga yana bir asos bo‘ldi. Termiz shahrida «Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi» tashkil etildi. Albatta, Termiz shahridan juda ko‘plab olimu fuzalolar, shoirlar, din peshvolari, musavvirlar etishib chiqqan. Jumladan, Al-Hakim at-Termiziy, Abu Iso Termiziy, Burhoniddin Muhaqqiq Sayyid Sirdon Termiziy, Abu Bakr Varroq Termiziy, Xo‘ja Samandar Termiziy, Adib Sobir Termiziy va boshqalar. Buyuk allomalarimizning ma’naviy merosini o‘rganish bugungi kunning dolzarb masallaridan hisoblanadi. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun 2017 yildan boshlab Termiz davlat universitetida «Termiziy allomalarning pedagogik ta’limotlari» o‘quv fani  tanlov  fani  sifatida  joriy  qilindi. 538

Imom Termiziy (to‘liq ismlari Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn az-Zahhoq Abu Iso as-Sulamiy az-Zarir al-Bug‘iy at-Termiziy) 209/824 yili Termiz yaqinidagi Bug‘ (hozirgi Surxondaryo viloyatining Sherobod tumani hududida joylashgan) qishlog‘ida o‘rta hol bir oilada tavallud topgan Yoshligidan ilmga chanqoq bo‘lgan Muhammad Termiz, Samarqand, Buxoro, Marv va boshqa yirik shaharlardagi eng mashhur faqih va muhaddislardan jumladan, Imom al-Buxoriy, Imom Muslim ibn al- Hajjoj, Abu Dovud, Qutayba ibn Sa’id, Is’hoq ibn Muso, Mahmud ibn G‘iylon, Said ibn Abdurahmon, Muhammad ibn Bashshor, Ali ibn Hajar al- Marvaziy, Ahmad ibn Muniy, Muhammad ibn al-Musanno, Sufyon ibn Vaqiylardan saboq olgan. Yigirma olti yoshida ilm talabida Nishopur, Ray, Xuroson, Sheroz, Bag‘dod, Ko‘fa va Basraga hamda Makkai mukarrama va Madinai munavvaraga safar qilgan539.

Buyuk bobomizning yana «Kitobut-tarix», «Kitobul ilal as-sag‘ir va ilalul kabir», «Kitobuz-zuhd» (Taqvo haqida kitob), «Kitobul asmo val kuna» (Roviylarning ismi va laqablari haqida kitob), «Al-ilal fil hadis» (Hadislardagi illatlar yoki og‘ishlar haqida), «Risola fil xilof val jadal» (Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola), «Asmous-sahoba» (Payg‘ambar sahobalarining ismlari) degan asarlari ham mavjud.540

Hijriy uchinchi asr (milodiy to‘qqizinchi asr) hadis ilmining rivojida oltin davr hisoblanadi. Imom Termiziy hadis, tarix, fiqh kabi fanlarga oid noyob asarlarni yozib qoldirgan. At-Termiziy o‘z ilmiy-ijodiy faoliyati davomida o‘ndan ortiq asarlar yaratdi. Uning ilmiy-ma’naviy merosida, shubhasiz «Al-Jome’» asari katta ahamiyatga egadir. Bu asar “Al-Jome’ as- sahih» («Ishonchli to‘plam»). «Al-Jome’ al-kabir» («Katta to‘plam»),

«Sahih at-Termiziy», «Sunani Termiziy» («Termiziy sunnatlari») nomlari bilan ham yuritiladi.

«Imom Termiziyning asarlariga bir qator sharhlar ham yozilgan bo‘lib, ulardan ibn Arabiy nomi bilan mashhur bo‘lgan Imom Hofiz Abu Bakr Muhammad Ashbiliyning «Oridatul Ahvaziy ala kitob Imom Termiziy» nomli 13 juz (qism)dan iborat sharhlarini keltirish mumkin. Ushbu sharh dastlab 1931 yilda Qohirada nashr qilingan. Imom Hofiz Abu Ali Muhammad Abdurahmon ibn Abdurahim Muborakfuriy qalamiga mansub yana bir sharh ham «Tuhfatul-Ahvaziy bisharhi Imom Termiziy» deb ataladi. To‘rt juz’dan iborat bo‘lgan bu asar 1979 yilda Bayrutda nashr qilingan (Hindiston nashri ham mavjud). Misrlik olim va adib Jamoliddin Abdurahmon ibn Abu Bakr Suyutiyning (1445-1505) Imom Termiziy asariga yozgan sharhi «Qutul mug‘taziy ala Jomi’ Imom Termiziy» (undan ikki  qismi nashr qilingan), deb atalgan. Bulardan tashqari Muhammad ibn Abduqodir Abu Toyyib Madaniyning «Sharhu Sunani Imom Termiziy», Ahmad Muhammad Shokirning «Tahqiq va Sharhu Jomi’ Imom Termiziy» (o‘ndan ikki qismi 1937 yilda Mustafaul Bobiyul Halabiy tomonidan nashr qilingan), Muhammad Yusuf Bannuriyning «Ma’orif sunani sharh sunani Imom Termiziy» (uning birinchi qismi 1963 yilda Pokistonda nashr qilingan), Siroj Ahmad Sarhandiyning «sharh Sunani Imom Termiziy» nomli forscha sharhi, shuningdek Rashib Ahmadul Kanuhiyning «Al-kavkab ad-durriy ala Imom Termiziy» (Hindistonda chop etilgan), Muhammad Anvar Shoh Kashmiriyning ikki juzdan iborat «Al-A’rf ash-shaziy ala Jomi’ Imom Termiziy» (bu asar ham Hindistonda chop etilgan) va nihoyat Abul Hasan Muhammad ibn Abdulhodiy Sanadiyning (u 1138 yilda vafot etgan)

«Hoshiya ala Sunani Imom Termiziy» kabi sharhlarini ko‘rsatish mumkin.

Ushbu asar qo‘lyozmalari dunyoning bir qancha shaharlarida, shuningdek, o‘zimizda, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi, Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida ham saqlanmoqda. Muhim manba sifatida «al- Jomi’ as-sahih» bir necha marta nashr qilingan. Bunga dalil sifatida 1283 (1866) yili Mitohda, 1292 (1875) yili Qohirada, shuningdek, 1980 yili Bayrutda nashr etilganligini ko‘rsatish kifoya.

Hadis imomlaridan biri Abdurahmon ibn Muhammad Idrisiy ustozlarini sifatlab: «Termiziy hadis ilmida ishonchli, so‘zi hujjat bo‘lgan imomlardan biridir. Imom Termiziy «Sunan» kitobida keng musulmon ommasini turli chalg‘ishlardan xalos etish maqsadida illatli (nuqsonli) hadislarni ham keltirgan. Binobarin yodlashlari, zehnlari to‘g‘risida, zarbulmasallar bitilganini aytadilar. Alloma mashhur Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni muhaddis va faqihlar orasida «So‘zi hujjat», «Xotirasi kuchli, ishonchli olim» deb e’tirof etilgan.

Qomusiy olim Muhammad Zakariyo aytadi: «Mening fikrimcha, olti sahih kitobni o‘rganishda Termiziyning «Sunan»idan boshlash eng to‘g‘ri yo‘ldir». Unda boshqa hadis to‘plamlarida kam uchraydigan foydali jihatlar mavjuddir. Masalan, uni o‘qigan kishi sahih, hasan, zaif hadislarni ajratish ko‘nikmasini hosil qiladi. Shu bilan birga bu to‘plam fiqhiy uslubga ko‘ra boblarga ajratilgani o‘quvchi uchun ko‘p qulayliklar yaratadi.

Imom Termiziy Allomaning «Shamoyili Muhammadiyya» asari esa Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam siyratlari haqida yozilgan eng muhim manba bo‘lib, hozirgacha nufuzli islom oliy o‘quv yurtlarining ta’lim dasturidan joy olib kelmoqda. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Kimga ilm talab qilib turgan holida ajal yetsa, u bilan payg‘ambarlarning o‘rtasidagi farq faqat payg‘ambarlik bo‘ladi».

Abu Ali Mansur ibn Abdulloh Xolidiy aytganlar: «Imom Termiziy:

«Men «Sunani Termiziy»ni yozib, uni Hijoz, Iroq, Xuroson olimlariga ko‘rsatdim. Barchalari bu kitobdan mamnun bo‘ldilar va: «Kimning uyida shu kitobdan bo‘lsa, go‘yo uning uyida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam gapirib turgandek bo‘ladilar», dedilar», deganlar».541

Ibn Tohirning «Al-Mansur» kitoblarida bitilgan: «Shayxul islom Abu Ismoilning: «Termiziyning «Al-jomi’ at-Termiziy» asarlari Buxoriy va Muslimning kitoblaridan ko‘ra manfaatliroqdir. Chunki Buxoriy va Muslimning kitoblaridan olimlargina, Termiziyning kitoblaridan esa barcha foydalana biladilar», deganlarini eshitdim».

Shogirdlaridan yana birlari: «Imom Buxoriy vafotlaridan keyin Xurosonda Abu Iso Imom Termiziydek ilmda, zehnda, taqvoda, zohidlikda biror kishi topilmas edi», deb aytadi. Imom Termiziy ko‘p yig‘laganlaridan hayotlarining oxirgi ikki yilida ko‘zlari ojiz bo‘lib qolgan.

Ibn Atiyya: «Mening huzurimda Imom Buxoriy va Muslimning kitoblariga qaraganda Imom Termiziyning kitoblari nurliroq va tushinarliroq», deb aytadi. «Nima uchun?» deb so‘ralganda, Atiyya: «Chunki ikkita imomning kitoblaridan faqatgina ilm va ma’rifat ahllarigina foydalana olishadi xolos», deb aytgan ekan. Shayxlardan biri Imom Termiziyga 40 ta g‘arib hadisni aytib, imtihon qilishlik uchun so‘raganda birorta harfda ham xato qilmasdan avvalidan oxirigacha o‘qib berganlarini ko‘rib: «sening mislingdagi kishini ko‘rmaganman», deb aytdi. Imom Termiziy ko‘p kitoblarning muallifidir. Ayniqsa, «Sunan» kitoblari kitoblarining chiroylisi, foydasi ko‘p bo‘lib, takror so‘zlari oz, chiroyli tartibda yozilgandir.

Abu Ali Mansur ibn Abdulloh Xolidiy Imom Termiziyning «Jomi’ as-sahih» kitoblarini sifatlab: « Bu kitob («Sunani Termiziy») ni yozib, Hijoz, Iroq va Xuroson ulamolariga tutqazdim. U zotlar o‘qib ko‘rib, yoz- ganlarimni ma’qullab, aytdiki: «Kimning uyida bu kitobdan bo‘lsa, (ya’ni uni olib, tokchaga qo‘yib qo‘ymasdan, balki o‘qib, mazmunini uqsa) o‘sha xona- donda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam gapirayotgandek bo‘ladilar», deb aytadi.

Abu Iso Termiziy asarlari hozirda ham o‘z qimmatini yo‘qotgan emas. Uning «Al-jomi’ as-sahih», «Ash-shamoil an-nabaviya» kabi asarlarida keltirilgan hadisi shariflar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib insonlarni halol, adolatli, iymon-e’tiqodli, diyonatli, pokiza, mehnatsevar, muruvvatli, rahm-shafqatli, ota-ona, ayollarga nisbatan hurmat- e’tiborli bo‘lishga chorlaydi.

Adolat Artiqova, NDKTU akademik litseyi tarix fani o‘qituvchisi

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI:

  1. Alisher Navoiy. Nasoyim ul-muhabbat. (Mukammal asarlar to‘plami). 17-jild. – Toshkent: 2001.
    1. Choriev Z, Annaev T, Murtazoev B, Annaev J. Al-Hakim at-Termiziy. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2008.
    1. Kenjabek M. Buyuk Termiziylar. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent: 2017.
    1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi PQ-2774-sonli «Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, Toshkent shahri, 2017 yil 14 fevral.
    1. Tursunov S, Murtazoev B. Termiziylarning ilmiy tafakkuri. – Toshkent: O‘zbekiston, 2016.
    1. Kenjabek M. Sunani Termiziy .- Toshkent: Sharq , 2012.

536 To‘raqulov M. Imom Termiziy maqolasi. 2015. // www.muslimun.uz.

537 X. Qurbonov ,I. Botirov « Termiz » O‘zME T – harfi 1- jild 2000 yil

538 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 14 fevraldagi PQ-2774-sonli «Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori, Toshkent shahri, 2017 yil 14 fevral.

539 Nuriddin Atar . Al – Imom at – Termiziy 21-22 betlar

540 Kenjabek M. Sunani Termiziy .- Toshkent: Sharq ,2012-b.29

541 Inayotov A. Termiziy maqolasi .2016 .-b .2.

 Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. Ommaviy axborot vositalari vakillari va veb-sayt foydalanuvchilari diqqatiga! Siz termizi.uz veb-saytidagi maʼlumotlardan bemalol foydalanishingiz mumkin. Bundan mamnun boʻlamiz. Faqat yagona shartimiz shuki, xabar yoki maqolani oʻz veb-sahifangizda yoritishda “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rasmiy sayti xabar berishicha” deb, bunda “rasmiy sayti” degan soʻz ustiga saytimiz havolasini qoʻyib, termizi.uz sahifasiga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart. Unutmang, maʼlumot olinganda muallif va manzil koʻrsatmaslik mualliflik huquqining buzilishi kabi javobgarlikka sabab boʻladi.

Flag Counter

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика