
Annotatsiya. Ushbu maqolada muallif tomonidan Buyuk alloma Imom Termiziyning asarlari va bu asarlar haqida mutafakkir bobolarimizning fikr mulohazalari, yoshlar hayotida bu asarlarning nechog‘lik muhim ekanligi haqida ma’lumotlar keltirilib o‘tilgan. Muallif ishonadiki to‘plangan ma’lumotlar soha mutaxassislari va mutasaddilari uchun muhim manba bo‘lib hizmat qiladi.
Kalit so‘zlar: Muhaddis bobomizning asarlari, kuchli xotira egasi, «Kitobul asmo val kuna», buyuklar fikri, Termiziy maqbarasi, e’tibor va e’tirof.
Abstract. In this article, the author has presented the works of the Great Allama Imam Termizi and the opinions of our great thinkers on these works, as well as information on how important these works are in the lives of young people. The author beliyeves that the information collected will serve as an important resource for experts and officials in the industry.
Keywords: The works of our grandfather Muhaddis, the owner of a strong memory, «Kitabul asmo wal kuna», the opinion of the great, Termiziʼs mausoleum, attention and recognition.
«Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz avliyolarimizning bebaho merosi, yengilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratishimiz kerak»532.
Shavkat Mirziyoev
Ilm insonni komillikka yetaklaydi. Buyuklarning biz yoshlarga qoldirgan bebaho asarlari o‘tmish iforini dimog‘imizga keltiradi, kelajak poydevorini qurishimizda zamin bo‘ladi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Buyuk bobolarimizdan Termiziy ham nafaqat o‘z davrining noyob asarlari bilan hanuzgacha balki, hozirgacha ham lol qoldirib kelmoqda. To‘liq ismi Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zahhok Sulamiy Bug‘iy Termiziy bo‘lib, 824 yili Termiz yaqinidagi Bug‘ qishlog‘ida tavallud topgan. Kunyasi Abu Iso, ismi Muhammad bo‘lgan. U ijodiy va ilmiy faoliyati davrida Termiziy bir qancha asarlarni yozadi, ularning aksariyat qismi bevosita hadislarga bag‘ishlangan bo‘lib. islom ulamolari o‘rtasida ilk davrdan boshlab hadislarning to‘g‘riligi, va ularni ishonchli manbalarga asoslanishiga katta e’tibor berib kelingan. O‘sha davrning o‘zidan boshlaboq noaniq hatto soxta hadislar ham el orasida tarqay boshlagan. Shunday paytlarda ular qayta-qayta tekshirilib, muhaddislarning betinim mehnati natijasida asl holiga qaytarilib, yozma ravishda qayd qilina boshlangan. Natijada islom ulamolari orasida ishonchli manbalar asosida to‘plangan va tartibga keltirilgan oltita hadislar to‘plami (Sihohi sitta) mualliflari eng nufuzli va mo‘tabar muhaddislar deb tan olingan. Mana shu e’tirof etilgan mashhur muhaddislardan biri Imom Termiziy hisoblangan. Muhaddis bobomizning asarlari bilan tanishar ekanmiz «Al-jomi’ as- sahih». Imom Termiziyning ijodiy faoliyatida yaratilgan asarlari ichida «al-jomi’ as-sahih» (Ishonchli to‘plam) eng asosiy o‘rinni egallaydi. Ushbu asar, yuqorida qayd qilganimizdek, «Al-jomi’ul kabir», (Katta to‘plam),
«Sahih Imom Termiziy», «Sunani Imom Termiziy» kabi nomlar bilan ham yuritiladi. Manbalarda yozilishicha, Imom Termiziy ushbu asarini 270- hijriy (884-milodiy) yilda, ya’ni qariyb oltmish yoshlarida, ilm-fanda katta tajriba orttirib, imomlik darajasiga erishgandan keyin yozib tugatgan. Ushbu asar qo‘lyozmalari dunyoning bir qancha shaharlarida, shuningdek, o‘zimizda, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi, Abu Rayhon Beruniy nomli Sharqshunoslik institutida ham saqlanmoqda. Muhim manba sifatida
«Al-Jomi’ as-sahih» bir necha marta nashr qilingan. Bunga dalil sifatida 1283 (1866)-yili Mitohda, 1292 (1875)-yili Qohirada nashr etilganligini ko‘rsatish mumkin. Termiziy asarlarini o‘rganish ilm cho‘qqisiga yana bir qadam qo‘yish deganidir.
Ilm urfonida kezar bir inson, Horg‘inlik tuymadi tanida bir on. Hadislar ilmini o‘rganib bugun, O‘zidan qoldirib ketdi yaxshi nom. Termiziy nomini ko‘tarib ko‘kka, O‘qisak arziydi uni takrora.
Buyuklar o‘giti yoshlarga mayoq,533 U ko‘kda ko‘ringan oydek nishona.
(Sh. Hoshimova she’ri)
Imom Termiziy «Zamondoshlari orasida kuchli xotiraga ega bo‘lgan shaxs» deb e’tirof etilgan. «Al-jomi’» asarda manfaatli ilm, to‘la-to‘kis foyda va ulkan masalalar mujassamlangan. U islom asoslaridan biridir. Termiziy: «Men ushbu kitobimda rivoyat qilgan hadislarga amal qilgan. Faqat bir-ikkita hadis borki, ularga amal qilishmagan. Ular: «Kimki uch martagacha tavba qilib, aroq ichsa, uringlar. To‘rtinchi martasida o‘ldiringlar», hamda «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam peshin va asrni Madinada jam qildilar. Xavf ham yo‘q edi, safarda ham emasdilar» hadislaridir», deganlar. Ibn Tohirning «Al-Mansur» kitoblarida bitilgan: «Shayxul islom Abu Ismoilning: «Termiziyning «Al-jomi’ Imom Termiziy» asarlari Buxoriy va Muslimning kitoblaridan ko‘ra manfaatliroqdir deb e’tirof etadi. «ash-Shamoil an-nabaviya». Abu Iso Imom Termiziyning boshqa bir yirik asari «Shamoili nabaviya» (Payg‘ambarning alohida fazilatlari) deb ataladi. Bu asar ba’zi manbalarda
«Ash-shamoil fi shamoil an-nabiy sollallohu alayhi vasallam», «Ash- shamoilul Muhammadiya» nomlari bilan ham keltirilgan. Asar Payg‘ambar alayhissalomning shaxsiy hayotlari, u zotning siyratlari, ajoyib fazilat va odatlariga oid to‘rt yuzu sakkiz hadisi sharifni o‘ziga jamlagan qimmatli manbadir.
Shu o‘rinda ta’kidlash kerakki, ushbu mavzu, ya’ni Payg‘ambar alay- hissalomning fazilatlari, odatlari haqidagi hadislarni to‘plash bilan juda ko‘p olimlar, muhaddislar shug‘ullanganlar va bu xildagi hadislar turli-tuman kitoblardan o‘rin olgan. Lekin Imom Termiziy asarining boshqalardan afzalligi va farqi shundaki, muallif imkoni boricha Payg‘ambar alayhissalom fazilatlariga doir barcha hadislarni muntazam ravishda to‘plab, mantiqan izchil bir holatda tartibga keltirgan va o‘ziga xos mustaqil, yaxlit kitob shaklida tasnif qilgan. Buyuk bobomizning yana
«Kitobut-tarix», «Kitobul ilal as-sag‘ir va ilalul kabir», «Kitobuz-zuhd» (Taqvo haqida kitob), «Kitobul asmo val kuna» (Roviylarning ismi va laqablari haqida kitob), «Al-ilal fil hadis» (Hadislardagi illatlar yoki og‘ishlar haqida), «Risola fil xilof val jadal» (Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola), «Asmous-sahoba» (Payg‘ambar sahobalarining ismlari) degan asarlari ham mavjud3.534
Imom Termiziy ko‘p yig‘laganlar va hayotlarining oxirgi ikki yilida ko‘zlari ojiz bo‘lib qolgan. Lekin bobokalonimiz Payg‘ambarimizga qalban oshiq bo‘lgan inson bo‘lgan. Ayniqsa, ularning «Sunan» kitoblari kitobla- rining chiroylisi, foydasi ko‘p bo‘lib, takror so‘zlari oz, chiroyli tartibda yozilganligi bilan barchani o‘ziga birdek oshufta etadi. Abu Ali Mansur ibn Abdulloh Xolidiy Imom Termiziyning «Al-Jomi’ as-sahih» kitoblarini sifatlab: «Kimning uyida mana shu kitob bo‘lsa, go‘yoki uyida Payg‘ambarimiz gapirayotgandek bo‘ladilar», deb aytadi4.535
Abu Iso Termiziy asarlari hozirda ham o‘z qimmatini yo‘qotgan emas. Uning «Al-jomi’ as-sahih», «Ash-shamoil an-nabaviya» kabi asarlarida keltirilgan hadisi shariflar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib insonlarni halol, adolatli, iymon-e’tiqodli, diyonatli, pokiza, mehnatsevar, muruvvatli, rahm-shafqatli, ota-ona, ayollarga nisbatan hurmat- e’tiborli bo‘lishga chorlaydi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tashabbusi bilan Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi Abu Iso Termiziy maqbarasi obod qilingan bo‘lsa, 2017 yil 14 fevralda davlatimiz rahbarining Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida qarori qabul qilingani va mazkur qaror asosida Termiz shahrida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qurildi. Islom dini, jumladan, hadis ilmi, Abu Iso Termiziy hamda Termiziy allomalar merosini chuqur o‘rganiladi. Davlatimiz rahbarining markazga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishgani bu buyuk allomaga ko‘rsatilgan e’tibordan, hurmatdan nishonadir. Buyuk muhaddis Imom Termiziy hayoti va asarlarini chuqur o‘rganish, yosh avlodga yetkazish, xalqimizning qalbiga tushunarli tarzda kirib borish bo‘yicha tavsiyalar berdi536.
Shaxlo Hoshimova, Jizzax politexnika instituti «Qishloq xo‘jalik va oziq-ovqat texnika texnologiyalari» kafedrasi assistenti
FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI:
- https://tdtukokand.uz/manaviyat-rukni/
- Jumaboev A. Ko‘kaldosh o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi Imom Termiziyning ilmiy merosi va uning ahamiyati mavzusidagi maqolasi
- Inoyatov A. Termiziy maqolasi. 2016. // www.minbar.uz
- Kenjabek M. Sunani Termiziy. -Toshkent: Sharq, 2012
- To‘raqulov M. Imom Termiziy maqolasi. 2015. // www.muslimun.uz
531 Abu Iso at-Termiziy «Sunani Termiziy»sharhi J.1. T.: «Irfonnashr», 2021. B-.11
533 Jumaboev A. Ko‘kaldosh o‘rta maxsus islomta’lim muassasi o‘qituvchisi Imom Termiziyning ilmiy merosi va uning ahamiyati mavzusidagi maqolasi
532 –https://tdtukokand.uz/manaviyat-rukni/
534 Inoyatov A. Termiziy maqolasi. 2016. // www.minbar.uz
535 Kenjabek M. Sunani Termiziy. -Toshkent: Sharq, 2012.