Moturidiylik: Ilmiy merosdan maʼnaviy barqarorlik sari

by Matbuot xizmati
95 👁️

Samarqand shahrida 2025-yil 4–5-oktyabr kunlari Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti hamda Imom Moturidiy, Imom Buxoriy, Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari, Samarqand arxeologiya instituti, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamkorligida “Moturidiylik taʼlimoti va hozirgi zamon” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi oʻtkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi  Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi “Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida”gi Qarori ijrosi doirasida buyuk mutakallim, islom aqidaviy fikrining yirik namoyondasi Imom Abu Mansur al-Moturidiy ilmiy merosini chuqur oʻrganish, uning taʼlimotini zamonaviy sharoitda maʼnaviy barqarorlik va bagʻrikenglik gʻoyalarini mustahkamlashdagi ahamiyatini yoritishdan iborat boʻldi.

Konferensiyaning ochilish qismida mamlakatimizda islomshunoslik va kalomshunoslik sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, Moturidiylik taʼlimotini ilmiy jihatdan tadqiq etish va yosh avlod ongiga yetkazish borasidagi tashabbuslar haqida soʻz yuritildi.

Tadbirda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori Jo’rabek Cho’tmatov “Holid Ibin Ziyod Termiziylar kalom maktabining ilk nomoyondasi” mavzusida maʼruza bilan ishtirok etdi.

Konferensiya doirasida mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalari, ilmiy markazlar va institutlaridan kelgan olimlar, tadqiqotchilar va yosh izlanuvchilar ishtirokida bir necha yoʻnalishdagi seksiyalar faoliyat yuritdi. Ularda Moturidiylik taʼlimotining ilmiy-falsafiy jihatlari, uning jamiyat maʼnaviyati va diniy-mafkuraviy barqarorlikdagi ahamiyati, shuningdek, mazkur taʼlimotning globallashuv sharoitidagi talqini yuzasidan ilmiy fikr almashuvlar boʻlib oʻtdi.

Konferensiyaning ikkinchi kunida tadbir ishtirokchilari Imom Moturidiy maqbarasini ziyorat qildilar. Shu yerda davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar Moturidiylik taʼlimotining zamonaviy jamiyat maʼnaviyatini yanada mustahkamlashdagi ahamiyatini qayd etib, ushbu konferensiya islom aqidaviy ilmining ilmiy va amaliy yoʻnalishlarini rivojlantirishda muhim qadam boʻlganini taʼkidladi.

Shuningdek, konferensiya doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Imom Moturidiy ilmiy merosiga bagʻishlab oliy taʼlim muassasalari talabalari ishtirokida oʻtkazilgan tanlov gʻoliblari taqdirlandi.

 Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. Ommaviy axborot vositalari vakillari va veb-sayt foydalanuvchilari diqqatiga! Siz termizi.uz veb-saytidagi maʼlumotlardan bemalol foydalanishingiz mumkin. Bundan mamnun boʻlamiz. Faqat yagona shartimiz shuki, xabar yoki maqolani oʻz veb-sahifangizda yoritishda “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rasmiy sayti xabar berishicha” deb, bunda “rasmiy sayti” degan soʻz ustiga saytimiz havolasini qoʻyib, termizi.uz sahifasiga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart. Unutmang, maʼlumot olinganda muallif va manzil koʻrsatmaslik mualliflik huquqining buzilishi kabi javobgarlikka sabab boʻladi.

Flag Counter

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика