
🔰 Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Surxondaryo viloyati shahar va tuman bosh mutaxassislari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📝 Tadbir davomida mehmonlarga Markaz faoliyati, amalga oshirilayotgan ishlar va yaqinda nashr etilgan kitoblar haqida batafsil ma’lumot berildi.

📚 Uchrashuv yakunida Markaz direktori Muzaffarxon Joniev ishtirokchilarga yangi chop etilgan kitob va risolalar to‘plamini esdalik sifatida taqdim etdi.

