HADIS TO‘PLASH YO‘LIDA O‘Z KO‘ZINI BAXSHIDA QILGAN OLIM

by Matbuot xizmati
13 👁️

Annotatsiya. Ushbu maqolada hadis ilmining rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk muhaddis Abu Iso Muhammad at-Termiziyning butun umrlarini ilmga bag‘ishlash yo‘lidagi tinimsiz mehnatlari va ularning islom olamidagi beqiyos o‘rni xususidagi nazariy yondashuvlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar: fiqh ilmi, «Sunani Termiziy», As-sihoh as-sitta, Al- jomi’, suvrat va siyrat, sahih, Risola fil-xilof val-jadal

Abstract. This article describes the theoretical approaches of the great Muhaddis Abu Isa Muhammad at-Tirmizi, who made a huge contribution to the development of Hadith studies, especially his tireless work on dedicating his whole life to science and their unsurpassed place in the Islamic world.

Keywords: the science of jurisprudence, «Sunan Termizi», as-sihah as-Sitta, al-jami’, suvrat and Sirat, us-Sahih, tractate fi-l-hilaf i-l-Jadal

Noyob asarlar muallifi, buyuk allomalardan biri mashhur muhaddis Abu Iso Muhammad at-Termiziydir. Uning to‘liq ismi Abu Iso Muhammad ibn Savra ibn Muso ibn Zahhok Sulamiy at-Termiziy bo‘lib, umrining oxirlarida ko‘zi ojiz bo‘lib qolganligi sababli Zarir taxallusi bilan ham atalgan. U hijriy 209-(milodiy 824) yilda Termiz shahrida tavallud topdi. At-Termiziy bolalik davri va yoshligi Termiz shahrida o‘tib, boshlang‘ich ilmni o‘zi tug‘ilib o‘sgan shaharda olgan. Bolaligidan o‘ta ziyrak, ilmga chanqoq, zehni o‘tkir va xotirasi juda kuchli bo‘lgan Abu Iso524 o‘z tengdoshlaridan ajralib turgan. Barcha ilmlarga qiziqishi kuchli bo‘lgan o‘smir yigit yoshligidan Sharq mamlakatlariga safar qilib, o‘sha yerda taniqli ustozlardan ilmini oshiradi. At-Termiziy barcha ilmlarni olishga harakat qiladi, ayniqsa, hadis ilmini buyuk va mashhur muhaddislardan – Imom al-Buxoriy, Imom Muslim, imom Abu Dovudlardan saboq oladi.

O‘z davrining ko‘pgina olimlari singari uning nomi ham hozirgi O‘zbekiston Respublikasining sharqiy tomonidagi Jayhun daryosi bo‘yida joylashgan Termiz shahridagi vatani bilan bog‘liq. U Termiz shahridagi (Bug‘) degan qishloqlardan birida tug‘ilgan va bolaligi shu yerda o‘tgan, so‘ngra ilm olish uchun Xurosonga yo‘l olgan va Iroq va Hijozga safar qilgan. At- Termiziy fiqh ilmini o‘zining zamondoshi bo‘lgan hadis ilmining shayxi Imom Al-Buxoriydan o‘rgangan va muhaddislardan hadis to‘plashga harakat qilgan va o‘zining «Sunani Termiziy» kitobini tuzish ustida ishlagan. U o‘z faoliyatida tarixda eslab qoladigan darajaga yetdi, yod olishda ham o‘rnak bo‘ldi. Hijriy III-IV asr oxirida yashagan muhaddislardan Ibn Hibbon uni

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini qo‘riqlagan olti imomdan biri, deb ta’riflaydi. va sunnat olamidagi kitoblari hadis ilmining tasdiqlangan asoslariga aylangan va Alloh Rasulullohning hadislarini eshitgani va eshitganidek bajargani uchun yuzlarini barakali qilgan kishilardandir».

Islomshunos yirik ulamolar orasida ishonchli manbalar asosida to‘p- langan va tartibga keltirilgan oltita hadislar to‘plami (As-sihoh as-sitta) mualliflari eng nufuzli va mo‘tabar muhaddislar deb tan olingan. Mana shu e’tirof etilgan mashhur muhaddislardan biri – Imom Termiziydir.

At-Termiziy qalamiga mansub asarlarning aksariyati bizgacha yetib kelgan. «Al-jomi’» («Jamlovchi»). «Ash-shamoil an-nasaviya» («Payg‘ambar- ning alohida fazilatlari»), «Al-ilal fil-hadis» («Hadislardagi og‘ishishlar»), «Risola fil-xilof val-jadal» («Hadislardagi ixtilof va bahslar haqida risola»), «At-tarix» («Tarix»), «Kitob az-zuhd» («Taqvo haqida kitob»), «Kitob ul-asmo val-kuna» («Ismlar va laqablar haqida kitob»)525 kabi asarlar shular jumlasiga kiradi.

At-Termiziyning asarlari ichida eng mashhuri, shubhasiz, «Al-jomi’» bo‘lib, avval eslatib o‘tganimizdek, payg‘ambar alayhissalomga doir oltita ishonchli hadislar to‘plamlaridan biridir. Ushbu asar ilmiy adabiyot va manbalarda «Al-jomi’ al-kabir» («Katta to‘plam»), «Al-jomi’ us-saxiyh» («Ishonchli to‘plam»), «Jomi’at-Termiziy» («Termiziy to‘plami»), «Sunani Termiziy» («Termiziy sunnatlari») nomi bilan ham atalib, Payg‘ambar alayhissalom hayoti va faoliyatiga doir muhim manbalardan hisoblanadi.

At-Termiziyning mashhur ta’liflaridan yana biri «Ash-shamoil an- nabaviya» («Payg‘ambarning alohida fazilatlari») bo‘lib, ba’zi manbalarda

«Ash-shamoil fi shamoil an-nabiy sallollohu alayhi vasallam» nomi bilan ham keltirilgan. Nomidan ham ko‘rinib turibdiki, bu asar payg‘ambar alayhissalomning shaxsiy hayotlari, u kishining suvrat va siyratlari, ajoyib fazilatlari, odatlariga oid 408 hadisi sharifni o‘z ichiga qamragan manbadir. Bu o‘rinda shuni ta’kidlash kerakki, payg‘ambar alayhissalomning fazilatlari, odatlari haqidagi hadislarni to‘plash bilan juda ko‘p muhaddislar shug‘ullanganlar va bu xildagi hadislar turli-tuman kitoblardan o‘rin olgan.

At-Termiziy ilmga muhabbati, tinimsiz o‘qish va yozish natijasida umrining oxirgi yillarida ko‘zi ojiz bo‘lib qoldi va shu holicha olamni tark etdi.

U zot haqidagi ba’zi rivoyatlarda zikr qilinganidek, ko‘r bo‘lib tug‘ilgani haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi va hijriy 279 yil rajab oyining 13- kunida Termiz shahrida vafot etgan.

Nodira Raximova, «Jo‘ybori Kalon» ayol qizlar islom o‘rta ta’lim muassasasi o‘quv-uslubiy, ilmiy tadqiqot bo‘limi boshlig‘i

FOYDALANILGAN ADABIYoTLAR RO‘YXATI:

1.Inoyatov A. Termiziy maqolasi. 2016. // www.minbar.uz 2.Kenjabek M. Sunani Termiziy. – Toshkent: Sharq, 2012. 3.To‘raqulov M. Imom Termiziy maqolasi. 2015. // www.muslimun.uz.

  • Ubaydulla    Uvatov.Buyuk muhaddislar    (Imom   al-Buxoriy,    Imom Muslim, Imom at-Termiziy), T., 1998; 2002;
  • Ubaydulla Uvatov, Donolardan saboqlar, T., 1994.

524 Inoyatov A. Termiziy maqolasi. 2016. // www.minbar.uz

525 Ubaydulla Uvatov.Buyuk muhaddislar (Imom alBuxoriy, Imom Muslim, Imom atTermiziy), T., 1998; B- 46

 Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. Ommaviy axborot vositalari vakillari va veb-sayt foydalanuvchilari diqqatiga! Siz termizi.uz veb-saytidagi maʼlumotlardan bemalol foydalanishingiz mumkin. Bundan mamnun boʻlamiz. Faqat yagona shartimiz shuki, xabar yoki maqolani oʻz veb-sahifangizda yoritishda “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rasmiy sayti xabar berishicha” deb, bunda “rasmiy sayti” degan soʻz ustiga saytimiz havolasini qoʻyib, termizi.uz sahifasiga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart. Unutmang, maʼlumot olinganda muallif va manzil koʻrsatmaslik mualliflik huquqining buzilishi kabi javobgarlikka sabab boʻladi.

Flag Counter

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика