Islom ezgulik, tinchlik, ilm-ma’rifat dini

by Matbuot xizmati
20 👁️

Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro-ilmiy tadqiqot markazida “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman davom etmoqda.

Unda dunyoning o‘nga yaqin davlatidan din arboblari, nufuzli ta’lim muassasalari olimlari, muftiylar va taniqli ulamolar ishtirok etmoqda.  Prezident Shavkat  Mirziyoyevning xalqaro konferensiya  ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigi ham anjuman qatnashchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Turkiyadagi Bursa Uludag‘ universiteti ilohiyot fakulteti professori, doktor Salih Chift bu haqda shunday deydi:  

– Prezident Shavkat Mirziyoyev janoblarining yurtingizda yashagan islom dini buyuk allomalari hayoti va ilmiy faoliyatini o‘rganib, tadqiq etishga qaratayotgan yuksak e’tibori tahsinga sazovordir. Bunday ezgu sa’y-harakatlar bugungi anjuman qatnashchilariga yo‘llagan tabrigida ham o‘z ifodasini topganini ko‘rdik. O‘zbekiston qadimdan muqaddas islom dini rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan go‘sha sifatida ham ma’lumu mashhur. Mazkur anjuman esa Imom Termiziy va Hakim Termiziydek buyuk zotlarni kamolga yetkazgan qadimiy shaharda o‘tkazilayotgani bilan yanada ahamiyatli bo‘lmoqda. Men bundan 25 yillar muqaddam Hakim Termiziy hayoti va ilmiy izlanishlari haqida tadqiqot olib borganimda Termizga kelish to‘g‘risida ko‘p o‘ylaganman. Aslida ham ul zotlarni chuqur anglash uchun albatta, bu zaminga kelish kerak ekan.  

Bizda so‘nggi yillarda O‘zbekistonda islom dini rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ko‘plab allomalar, jumladan, Imom Termiziyning bebaho merosini o‘rganish va targ‘ib etish, muqaddas xotirasini e’zozlash, tabarruk qadamjolarini obod etish yuzasidan katta ishlar amalga oshirilganiga guvoh bo‘ldik. Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida muazzam yodgorlik majmuasi barpo etilgani, Termiz shahrida ul zotning tabarruk nomi bilan atalgan xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi, Islom instituti tashkil etilganini  ko‘rdik.  

Prezidentingiz tabrigida islom tinchlik, ezgulik, ilm-ma’rifat dini ekaniga e’tibor qaratilganini qalban his etdik.  

 Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. Ommaviy axborot vositalari vakillari va veb-sayt foydalanuvchilari diqqatiga! Siz termizi.uz veb-saytidagi maʼlumotlardan bemalol foydalanishingiz mumkin. Bundan mamnun boʻlamiz. Faqat yagona shartimiz shuki, xabar yoki maqolani oʻz veb-sahifangizda yoritishda “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rasmiy sayti xabar berishicha” deb, bunda “rasmiy sayti” degan soʻz ustiga saytimiz havolasini qoʻyib, termizi.uz sahifasiga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart. Unutmang, maʼlumot olinganda muallif va manzil koʻrsatmaslik mualliflik huquqining buzilishi kabi javobgarlikka sabab boʻladi.

Flag Counter

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика