🇺🇿🇹🇷IMOM TERMIZIY MARKAZIDA TURKIYALIK OLIM BILAN UCHRASHUV

by Matbuot xizmati
246 👁️

#Yangiliklar #Xalqaro_aloqalar

🇺🇿🇹🇷IMOM TERMIZIY MARKAZIDA TURKIYALIK OLIM BILAN UCHRASHUV

⚡️Bugun Turkiya Respublikasining Sakarya unversiteti, falsafa fanlari doktori Ender Buyuko‘zkara Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurishdi.


❇️Mehmonni Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Joniyev Muzaffarxon kutib oldi. Dastlab mehmonga Markazda olib borilayotgan ilmiy faoliyat natijalari, ilmiy xodimlari tomonidan tarjima va sharh yo‘nalishidagi nashr ishlari haqida ma’lumot berildi.


✅ Turkiyalik olim samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, Markazda ilmiy faoliyat olib borish uchun yaratilgan qulay sharoitlar ko‘lamiga ijobiy baho berdi.

📚Shuningdek, tashrif yakunida mehmonga Markaz tomonidan nashr etilgan kitoblar to‘plami sovg‘a sifatida topshirildi.

✍️Imom Termiziy XITM Matbuot xizmati

 Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi. Ommaviy axborot vositalari vakillari va veb-sayt foydalanuvchilari diqqatiga! Siz termizi.uz veb-saytidagi maʼlumotlardan bemalol foydalanishingiz mumkin. Bundan mamnun boʻlamiz. Faqat yagona shartimiz shuki, xabar yoki maqolani oʻz veb-sahifangizda yoritishda “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi rasmiy sayti xabar berishicha” deb, bunda “rasmiy sayti” degan soʻz ustiga saytimiz havolasini qoʻyib, termizi.uz sahifasiga yoʻnaltirilgan boʻlishi shart. Unutmang, maʼlumot olinganda muallif va manzil koʻrsatmaslik mualliflik huquqining buzilishi kabi javobgarlikka sabab boʻladi.

Flag Counter

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика