📚 “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!”

by Matbuot xizmati
93 👁️

Jaholatga_qarshi_ma’rifat

Bugun Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Muzaffarxon Joniyev, viloyat IIB TQKB mas’ul xodimi Ilyos Suyunov, shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etdilar.

🎙 Tadbir davomida yoshlar ongida vatanparvarlik, bag‘rikenglik, adolat kabi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash, jaholat va yot g‘oyalarga qarshi ilm-ma’rifat bilan kurashish, inson huquq va erkinliklarini e’zozlashning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi.

🌟 Mazkur uchrashuv talabalarning dunyoqarashi va ma’naviy immunitetini mustahkamlashda muhim qadam bo‘ldi.

Manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri Shimoliy darvoza ko’chasi 3-uy


Telefon: +998 55 451 05 99


E-Mail: termiziycenter@gmail.com


Whatsapp: +998 55 451 05 99

©2017-2025 Imam Termizi ISRC- All Right Reserved. Designed and Developed by Shokhzamon

© 2017 by Imam Termizi ISRC is licensed under CC BY-SA 4.0
Яндекс.Метрика