Jaholatga_qarshi_ma’rifat

🔰 Termiz davlat pedagogika instituti talabalari uchun “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” hamda “Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi – taraqqiyot poydevori” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

⏺️ Tadbirda Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori M. Joniev, Termiz davlat pedagogika institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori U.Turamuratov, viloyat IIB mas’ul xodimi I.Suyunov va qator hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

⏺️ Uchrashuv davomida talabalar diniy bag‘rikenglik, ma’rifatning ahamiyati, inson huquq va qadr-qimmati, shuningdek milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi borasida atroflicha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
⏺️ Tadbir yakunida yoshlar bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlarning ular hayotida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdilar.